"Barselona" "Bavariya" himoyachisiga davogarlik qilmoqda
28 apr 2022 21:31
Yangiliklar
"Barselona" "Bavariya" himoyachisiga davogarlik qilmoqda
Kataloniyaliklar "Bavariya" himoyachisi Lyuka Ernandesga qiziqish bildirishmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi yozgi transfer oynasida futbolchini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Biroq muammo shundaki, "Bavariya" uni sotmoqchi emas.
Germaniya klubi franciyalik futbolchini uch yil avval Madridning "Atletiko"sidan 80 million evro evaziga sotib olgandi.
26 yoshli Ernandes joriy mavsumda "Bavariya" safida barcha musobaqalarda 32 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar