So’nggi yangiliklar

19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  0 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  5 18:22"Удинезе" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 18:08Суперлига ўтиш ўйинини ким бошқаради?  4 17:49"Манчестер Сити" ва "Тоттенхэм" ўйинлари учун таркиблар маълум  16 17:33Марко Станоевич Ўзбекистондаги фаолияти, "Насаф"дан кетиши ва унга қарши ўйнаган энг яхши футболчилар ҳақида гапирди   1 16:54"Персеполис" — "Алуминиум Арак". Таркиблар маълум  1 16:15"Насаф": Умар Эшмуродов билан шартнома узайтирилди  0 15:13"Гулистон" 16 декабрдан ўқув-йиғин машғулотларига киришади. Клуб президенти, директори ва бош мураббийи маълум  13 14:31"Тоттенхем" 70 миллионлик форвардни нишонга олди  4 13:57"Реал" янги ҳимоячининг трансфери бўйича келишиб олди  2 13:11"Реал" Камавингага нарх қўйди  7 12:22"Реал" "Манчестер Юнайтед"дан ҳимоячи сотиб олиши мумкин  4 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: “Сити”, “Бавария”, “Реал” ва бошқалар  0 11:34"Реал" Хаби Алонсони бугуноқ истеъфога чиқариши мумкин  29

"Barsa" Ximenesning transferini kafolatlash uchun 2019 yilda "Atletiko"ga 15 mln evro to'lagan. Transfer kataloniyaliklarning moliyaviy muammolari sabab amalga oshmadi Yangiliklar

"Barsa" Ximenesning transferini kafolatlash uchun 2019 yilda "Atletiko"ga 15 mln evro to'lagan. Transfer kataloniyaliklarning moliyaviy muammolari sabab amalga oshmadi

"Barselona" "Atletiko"ga 2019 yilda katta pul to'lagan.

Kataloniyaliklar seshanba kuni sobiq prezident Jozep Bartomeuning ishlaridan so'ng klubning moliyaviy holati tahlilini taqdim etishdi. Unda bir qiziq jihat malum bo'ldi, "ko'k-anorranglilar" 2019 yilda "Atletiko"ga 15 million evro to'lashgan.

Bu mablag' himoyachi Xose Ximenesning transferi uchun o'ziga xos avans bo'lgan.

"Barsa" 2019 yilda himoyachi Matteys de Ligt bilan shartnoma imzolamoqchi edi, ammo agent Mino Rayolaning 20 mln evrolik komissiyasi sabab buni rad etgandi.

SHundan so'ng klub Ximenesga etiborini qaratdi. Ammo, "Barsa" 2019 yilda forvard Antuan Grizmann uchun "Atletiko"ga 120 mln evro to'ladi va ikki bitimni birga amalga oshira olmadi.

SHu sabab "Barselona" Madrid klubiga kelajakda Ximenesning transferini kafolatlash uchun 15 mln evro to'ladi. Bitimda shuningdek Xose jarohat olsa, o'rniga boshqa o'yinchi bilan shartnoma imzolash belgilab qo'yildi.

Transfer koronavirus sabab kelib chiqqan "Barselona"ning moliyaviy qiyinchiliklari tufayli amalga oshmadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика