"Barsa" moliyaviy imkoniyatlar yo'qligi sabab shu yozda Bernardu bilan shartnoma imzolamaydi
23 iyu 15:59
Yangiliklar
"Barsa" moliyaviy imkoniyatlar yo'qligi sabab shu yozda Bernardu bilan shartnoma imzolamaydi
"Barselona" shu yozda Bernardu Silva bilan shartnoma imzolay olmaydi.
Kataloniyaliklar moliyaviy imkoniyatlar yo'qligi sabab "Man Siti" o'yinchisini xarid qila olmaydi. Klub haligacha maosh fondidan oshmoqda va moliyaviy feyr-pleyga mos kelmayapti.
Bernardu 60 mln evro evaziga "Barsa"ga o'tishi mumkin edi, ammo hozirgi sharoitda bunday narx evaziga transferni amalga oshirish imkonsiz. Oldinroq, Silva kataloniyaliklarning yozdagi transfer maqsadi ekani, yangi murabbiy Xansi Flik esa futbolchini yuqori baholashi xabar qilingan edi.
Fikrlar