So’nggi yangiliklar

23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  0 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  2 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  0 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бурдиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  11 21:15Саудия Арабистони. "Ал Насср" - "Ал Қодисия" баҳси асосий таркиблари маълум!  8 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 20:21"Пахтакор" 8 йил олдинги антирекордини такрорлади  2 20:15Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Қизилқум"ни 5:1 ҳисобида мағлуб этди  21 20:00Ямаль "Сельта"га қарши ўйнамайди  2 19:42Франция футбол Федерация ПСЖнинг "Мбаппе иши" бўйича апелляциясини рад этди  0 19:31Суперлига. "Нефтчи" – "Насаф" 2:0. Highlights  5 19:17Анвар Бердиев: "Мақсадимиз — Суперлигага чиқиш"  0

"Barsa" janjalli transferni o'ylab topdi. "Real" prezidentini hali bunchalik masxara qilishmagandi Yangiliklar

"Barsa" janjalli transferni o'ylab topdi. "Real" prezidentini hali bunchalik masxara qilishmagandi

Qani ketdik.


Asensioning Xaviga kerakligi fakt emas, ammo bu o'tish Peres uchun aniq zarba bo'ladi


"Real" va "Barselona" o'rtasida 15 yildan beri to'g'ridan-to'g'ri o'tishlar bo'lmagan. Bunday tavakkalli yo'lni bosib o'tgan so'nggi o'yinchi — Xaver Saviola.


Argentinalik u jamoada ham, bu jamoada ham porlamadi va erkin agent maqomida o'tdi, shu sabab uning voqeasi unutildi. Kelasi yozda hisoblagich yana ishlab ketishi mumkin. Bu safar janjallarsiz bo'lmaydi.


"Real"da o'yinchi va prezident o'rtasida kelishmovchilik bor. Bundan barcha jabr ko'radi


Bu voqeaning "aybdori" — Marko Asensio. Yarim himoyachi Madridga 2015 yilda keldi va tezda muxlislar uchun sevimli o'yinchiga aylandi. U o'zining uzoqdan beradigan zarbalari bilan barchani lol qoldirdi va "Oltin to'p"ga ehtimoliy davogar sifatida ko'rildi, ammo jarohatlar halaqit berdi. Jiddiy jarohat Asensioning deyarli butun 2019/2020 yilgi mavsumni o'tkazib yuborishiga sababchi bo'ldi, futbolchi shuning natijasida kichikroq jarohatlar tufayli ham tarkibda tushib qolaverdi. Ammo, Marko samarali harakatlarni saqlab qoldi: u o'tgan mavsum La Ligada 10ta gol urdi (birortasi ham penaltidan urilmadi).



Yoz keldi va kutilgan shartnomani uzaytirish savoli ko'tarildi, sababsi Asensioning amaldagi kelishuvi 2023 yilga qadar mo'ljallangan. "Real" o'yinchiga taklif berdi, ammo yiliga "toza" 5 mln maosh uning maqsadlariga umuman to'g'ri kelmaydi. Marko buni rad etdi, klub prezidenti Florentino Peres esa juda ham hayron qoldi. SHunchaki u erda "yo'q" so'zini eshitishga ko'nikmagan.


SHundan so'ng voqealar rivoji tezlik bilan rivojlanib bordi. El Confidencial xabariga ko'ra, Peres Karlo Anchelottiga talabini bildirgan: yoki Asensio kam o'ynaydi, yoki umuman yo'q. Buni agar bitta narsa bo'lmaganda sariq mish-mish deyish mumkin edi — Marko rostdan ham umuman maydonga tushirilmayapti. O'zingiz taqqoslang: Asensio o'tgan mavsum jarohatlarga qaramay, La Ligada 31ta o'yinda maydonga tushgan. ushbu mavsumda esa ikkita o'yindan zaxiradan maydonga tushib, 11 daqiqa to'p tepgan. Ha, Marko umuman soppa-sog'.


Aytgancha, Asensio bunga qaramay, gol urishga muvaffaq bo'ldi. U CHempionlar Ligasida ikkita o'yinda jami 36 daqiqa o'ynab, bitta gol urishga erishdi. Bunga qaramay, Anchelotti matbuot anjumanlarida shunchaki Markoni tanqid qilmaydi, balki unga "hamdarlik bildiradi". Asensio bir hafta oldin "Malorka"ga qarshi o'yinda to'liq zaxirada o'tirdi, tushmasligini bilganida esa "yonib ketdi". U maxsus kiyimni echib tashladi va suv turgan idishni tepdi.


"Asensioning jahli chiqqanini tushunaman, uning fikriga qo'shilaman va buni inobatga olaman", — Karlo Anchelotti.


Vaziyat keskin va hech kim uchun yaxshi emas. Asensio o'zining o'rnidan norozi, Anchelotti esa klub manfaati yo'lida harakat qilishga majbur.



Peres ikkinchi zarbani qabul qilib olishi mumkin. "Barsa"ning ayyorona yurishi


O'yinga "Barselona" qo'shildi. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, klub Acensioga qiziqmoqda va jiddiy tarzda uni kelasi yozda o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bitim tezroq amalga oshishi mumkin, sababi Marko agentini o'zgartirdi va hozirda uning ishini Jorje Mendesh olib bormoqda. Portugaliyalikda "Barsa" rahbariyati bilan ajoyib munosabatlar bor.


SHunchaki Peresning yuzini tasavvur qiling: bir yilda o'z futbolchisidan rad javobini olish va asosiy raqobatchi safiga o'tish. SHunday qilib, futbolda hamma narsani ko'rgan Florentino hali bunchalik masxara qilinmagan edi. Agar Asensio haqiqatdan ham "ko'k-anorranglilar" libosini kiysa, "Barsa" o'yinlarini translyaciyasi "Real" prezidenti uyi va "Santyago Bernabeu" stadionida bir kilometr radiusdagi barcha joylarda taqiqlanishi mumkin.


"Barsa" uchun Asensio bitimi ayyorona yurish bo'lardi: bu asosiy raqibga qarshi zarba (jumladan, imidj taraflama) va tarkibni kuchaytirish. Ammo, hali Marko kataloniyaliklar bosh murabbiyiga kerakmi yoki yo'q, buni aniqlash qiyin. Agar klub rostdan ham shunday shov-shuvli qadamni tashlasa, Xavining fikri ikkinchi darajaga o'tishi mumkin — baribir bu katta siyosiy qadam.



"Yosh" Asensio yaqinda 26ga kirdi. Bunday yoshda muntazam ravishda o'ynash kerak va hozircha Marko buni "Real"da qilmasligigiga qarab ketmoqda. Nahotki u "Barsa"da o'ynaydi?



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика