"Barsa" futbolchisi Baldening qancha muddatga safdan chiqqani malum bo'ldi
13 apr 23:22
Yangiliklar


"Barsa" futbolchisi Baldening qancha muddatga safdan chiqqani malum bo'ldi
"Barselona" himoyachisi Aleks Balde kamida uch haftaga safdan chiqdi.
Futbolchi La Liga 31-turidan o'rin olgan "Leganes" (1:0) bilan o'yinning 41-daqiqasida zaxiraga olindi.
"Barsa"ning malum qilishicha, Balde chap sonining ikki boshli mushaklaridan jarohat olgan. As xabariga ko'ra, futbolchi kamida uch hafta maydonga tusha olmaydi.
21 yoshli himoyachi joriy mavsum 43 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar