"Barsa" do'koni Levandovski familiyasi yozilgan liboslarni sotishni to'xtatdi. Nega?
21 iyu 2022 18:15
Yangiliklar
"Barsa" do'koni Levandovski familiyasi yozilgan liboslarni sotishni to'xtatdi. Nega?
Gap shundaki, do'konda "W" harfi tugadi.
Levadonvski nihoyat "Barsa" o'yinchisiga aylandi, ammo kataloniyaliklar bunday katta transferning ommalashuv ko'lamini oldindan ko'ra olishmagan ko'rinishadi. Do'kon sotuvchisi unda chop etish uchun maxsus harf qolmaganini aytdi. Levandovski familiyasida lotin tilida ikki "W" borligi sabab, u tezda tugadi.
"Barselona"da hozirda Robertdan tashqari "W" harfi qatnashgan ismli bir futbolchi bor – Martin Breytueyt. Ammo, hujumchining ismi yozilgan futbolka "Barsa" fan-shopiga boradigan muxlislar orasida juda ham mashhur emas.
Levandovskining "Barselona"da hozirda Memfis Depayga tegishli 9-raqamni olishi kutilmoqda.
Robert "Barsa"ga "Bavariya"dan 45 mln evro evaziga o'tdi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi to'rt yilga mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar