So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  1 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  11 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  33 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

Baribir hammasini pul hal qiladi Yangiliklar

Baribir hammasini pul hal qiladi

Teglar :  Futbol va moliya
Imkon boricha ko'proq pul ishlab topish davr talabi bo'lib qoldi va buni hech kim inkor etmasa kerak.

Dunyoning har bir nuqtasida har bir inson o'z sohasidan kelib chiqib pul topishga harakat qiladi. Quruvchi imorat qurish, duradgor taxtaga bezak solish, o'qituvchi dars berish, jurnalist qalam tebratish, haydovchi odamlarni manziliga eltib qo'yish, xullas barcha kasb egalari o'z sohasidan kelib chiqqan holda ro'zg'or tebratadi.

Sportda, xususan ftubolda ham shunday. Futbolchi qisqa faoliyatimda yaxshiroq jamoada o'ynab pul ishlab olsam, murabbiy natija ko'rsatib yutuqqa ega bo'lsam, selekcioner istedodni topib pul qilsam deydi. Yashashdan maqsad deyarli o'zgarmagan, yaxshi pul topib yaxshi yashash va bolalarning kelajagini o'ylash. 

Bugungi kunda oliy liga klublarida ro'y berayotgan transferlar ham asosan pul bilan bog'liq. Puli bor jamoalarning yaxshi futbolchilarni qo'lga kiritishi avvaldan bo'lib kelgan va bundan keyin ham shunday davom etadi. SHu bois "Nasaf"dan yozda Eldor Suyunov bilan SHerzod Azamovning "Paxtakor"ga o'tganini ko'pchilik to'g'ri qabul qildi.

Yaqinda "Nasaf"ning yana ikki futbolchisi rasman "Paxtakor"ga o'tdi: Farrux Sayfiev va Akmal SHorahmedov. SHu kunlarda Bahrom Abdurahimov ham "Paxtakor"ga o'tarmish degan mish-mishlar yo'q emas. "Bunyodkor"ning muhim o'yinchilaridan biri Otabek SHukurov BAAning autsayder klubiga yo'l olishi ham pul bilan bog'liq. CHunki "Bunyodkor" SHukurovga "SHarja" beradigan pulni qilib bera olmasdi. 

SHu o'rinda Igor Sergeevning BAAning kuchsiz klublaridan biri "Al Dafra"ga o'tgani biroz mujmalroq. Negaki bu klub ham pastki o'rinda boryapti va Osiyo chempionlar ligasida qatnashmaydi. Balki "Al Dafra" Sergeevga "Paxtakor" to'lagan maoshdan ko'proq pul taklif qilgandir. Har bir futbolchining qarorini to'g'ri tushunamiz. Ular ham oilam, bola-chaqam deydi, toki oyog'im to'p tepar ekan pul ishlab qolsam deydi. 

Muxlislar esa keyingi yil oliy liga Superligaga o'zgarib hammasi zo'r bo'lishidan umid qilishadi. Lekin bilamizki, ko'p jamoalarda moliyaviy holat maqtagulik emas. Bugungi kunda hatto "Nasaf", "Bunyodkor" kabi etakchi klublar o'z futbolchilari va murabbiylari oldidagi qarzni to'liq uza olmayotgan bir paytda Superligada shiddatli o'yinlar ko'p bo'ladi deya taxmin qilamiz. 

"Nasaf"dan futbolchilar ketayotgani ham asosan pul bilan bog'liq. Pul yo'qligidan to'liq qarzlar uzilmayapti, tarkibni kuchaytirish, asosiy futbolchilarni olib qolish uchun pul kerak. Xullas juda ko'p narsa pulga borib taqaladi. Vada bergan bilan ertaga o'xshamay qolsa-chi. SHu bois "Nasaf"ni ham, jamoadan ketgan va ketmoqchi bo'layotgan futbolchilarni ham tushunish kerak. 

Erta-indin "Bunyodkor" va boshqa klublardan ham uch-to'rtta yaxshi futbolchi boshqa jamoaga ketib qolsa bundan sira ajablanmaymiz. O'FF va PFL o'zbek futboli saviyasini ko'tarishga katta etibor qaratayotgani bor gap. Lekin O'zbekistonda hech bo'lmasa10-12ta klubning moliyaviy holati tubdan o'nglanmas ekan, rivojlanish haqida gaps-o'z bo'lishi mumkin emas. Superliga klublarining bir yillik badal puli salkam 500 million so'mga etkazilishi esa klublarni yanada nochor qilib qo'yadi. 

Hech etibor berganmisiz, yosh bolaning qo'liga qog'oz bersangiz yo yirtadi, yo og'ziga solib chaynashga tushadi, lekin pul tutqazsangiz, mahkam changallab oladi. Ber, desangiz bermaydi, og'ziga ham solmaydi. Odam pul nimaligini bolaligidan biladi, pulning qudratini his qiladi go'yo.

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика