So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Barchasi Gennadiy Krasnickiy turniri haqida Yangiliklar

Barchasi Gennadiy Krasnickiy turniri haqida

"Kelajak Yulduzlari company" va "Paxtakor" futbol klubi hamkorligida klubning afsonasi, XX asrning O'zbekistondagi eng yaxshi futbolchisi - Gennadiy Krasnickiy sharafiga o'tkazilgan musobaqa o'z yakuniga etdi.

Unda Respublikaning eng kuchli 6ta jamoasi ishtirok etdi. Vohadan Qarshining "Nasaf", Vodiydan Namangan futbol akademiyasi tashrif buyurgan turnirni, Toshkentdan O'zbekiston chempioni "Odil Ahmedov FA", Toshkent shahrining amaldagi chempioni "Paxtakor", "Do'stlik" hamda Toshkent futbol akademiyalari to'ldirishdi. Jami 6ta jamoa, o'zaro 5ta tur o'yinlarida maydonga tushdilar. Uchrashuvlar "Paxtakor" akademiyasi stadionida bo'lib o'tdi. 

Uchrashuv 1:1 bo'lib turgan vaziyatda, "Odil Ahmedov FA" tarbiyalanuvchlari gol urib g'alaba qozondilar. Agar bahsda durang qayd etilganida "Paxtakor" chempionlikni qo'lga kiritar edi.


Bugun poytaxtda xususiy jamoalarning soni oshib boryapti. "Odil Ahmedov FA" kabi ish boshlagan "Do'stlik" jamoasi turnirni uchinchi o'rinda yakunladi.


"Paxtakor" jamoasi esa turnirda kumush medallarni qo'lga kiritgan holda ikkinchi bo'ldi. 

Dilshod Nuraliev o'z hisobiga yana bitta sovrin yozib qo'ydi. 2009 yillar jamoasi bilan Toshkent shahar kubogi, O'zbekiston chempionligi va mana endi Gennadiy Krasnickiy Kubogi.


Musobaqada Gennadiy Krasnickiy bilan bolalikdan do'st bo'lib, uning o'yinlarini OAV orqali yoritib borgan Mavlon SHukurzoda ham ishtirok etdilar. Bu kishi ayni paytda Krasnickiyga bag'ishlab katta kitob yozyaptilar. Ular kelajak yulduzlariga, "Gena" haqida so'zlab berar ekan, u tomonidan amalga oshirilgan ajabtovur harakatlarni so'zlab berdi. 2023 yil mazkur musobaqa ishtirokchilariga, albatta Gennadiy Krasnickiy kitobini tarqatishni ham vada qildilar.


- Bu turnir haqida eshitib juda xursand bo'ldim. Do'stimizni yod etib, mana shunday chiroyli musobaqa tashkil qilgan "Kelajak Yulduzlari company" va Genani jahonga tanitgan "Paxtakor" klubiga katta rahmat aytaman. Kelajakda bu bolalar ham do'stimiz kabi dunyo arenalarida to'p tepib, kuchli jamoalar sharafini munosib himoya qilib yurishlariga tilakdoshman.  



Musobaqaning yopilish marosimini tomosha qiling.

Yakuniy jadval va natijalar quyidagicha ko'rinish oldi:


1-tur.

Namangan FA - Paxtakor 0:3

Do'stlik - Nasaf 1:1

TFA - Odil Ahmedov FA 2:2


2-tur.

Odil Ahmedov FA - Nasaf 5:1

Namangan FA - Do'stlik 0:4

Paxtakor - TFA 3:0


3-tur.

Paxtakor - Do'stlik 6:1

Odil Ahmedov FA - Namangan FA 3:1

TFA - Nasaf 0:1


4-tur.

Nasaf - Namangan FA 1:2

Paxtakor - Odil Ahmedov FA 0:2

Do'stlik - TFA 2:0


5-tur.

Do'stlik - Odil Ahmedov FA 1:2

Nasaf - Paxtakor 0:2

TFA - Namangan FA 2:1



Jahongir Fayzullaev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика