So’nggi yangiliklar

18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  0 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  5 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  1 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  9 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  5 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  6 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0

Bahrom Xakimov: "Futbol ichidagi barcha jurnalistlarga klubimiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz" Yangiliklar

Bahrom Xakimov: "Futbol ichidagi barcha jurnalistlarga klubimiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz"

Coca-Cola Superliganing 26-turidan o'rin olgan "Turon" - "Andijon" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Xakimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.





- O'yin haqida

- Bugungi o'yin o'tkinchi maqomida o'tmasligini bilardik. Garchi har ikki jamoa ham Superligani tark etganiga qaramasdan, muxlislar uchun tomoshabop futbol namoyish etdi. Biz o'yinga tayyorlangan vaqtimizda futbolchilarga muxlislar uchun, shuningdek, barcha sharoitlarni bekamu ko'st yaratib berayotgan klub rahbariyati uchun kurashishni tayinlagandik. Rahbariyat tomonidan yaratib berilgan sharoit klubni quyi ligaga tushib ketishiga mos emasdi. Yigitlar borlarini berib harakat qilishdi.

To'g'ri, xatolar yo'q emas, haligacha ham futbolchilar o'zaro bir-birlarini tushunishlarida qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. "Andijon" ham juda kuchli o'yin namoyish etdi, ular ham shunchaki rasmiyatchilik uchun o'ynashgani yo'q. 

Bugun faqat g'alaba uchun harakat qildik. Yigitlarga kurashuvchan o'yin uchun rahmat aytaman, ular yuzimni yorug' qilishdi. "Metallurg" bilan o'yindan so'ng futbol "professorlari" meni to'g'rimda yaxshi gaplarni yozishmadi. "Keksayib qolibsiz, ishni to'xtating" qabilidagi fikrlarni aytishdi. Kimdir men bilan 50-60 metr masofaga chopishmoqchi bo'lsa, marhamat. Yoki boshqacha usulda musobaqalashmoqchi bo'lsa ham tayyorman.

Klubimiz rahbariyati nomidan matbuot xizmatiga, xususan, Bekzod Tolibovga rahmat aytaman. Sizlar mavsum davomida juda yaxshi ishladinglar. SHuningdek, O'zbekistondagi barcha klublar matbuot xizmatlariga, futbol sohasida mehnat qilayotgan jurnalistlarga jamoamiz azolari nomidan minnatdorchilik bildiraman.

Mavsum davomida xatolar bo'lmagan deya olmayman. 3 ta o'yin qolganida, jamoani qabul qilib oldim. Albatta, ozgina bo'lsa ham, jamoani Superligada olib qolishga nazariy jihatdan imkoniyat bor edi. Qo'ldan kelganicha harakat qildik. "Metallurg" bilan o'yinda ko'rdinglar, omad bizdan ko'p vaziyatlarda yuz o'girdi. Yutqazadigan o'yin emasdi. Ishlashda davom etamiz. Bu yigitlarni ko'plarini olib qolishga harakat qilaman. Ular bilan jangga borishga tayyorman. Barchasi mashg'ulotlarda ham, o'yinlarda ham astoydil mehnat qilishadi.

- Jamoani Pro-ligada ham boshqarishda davom etasizmi?

- Albatta, biz shunday gaplashganmiz. Rahbariyat bilan bu borada suhbatlashib kelishib olganmiz. Bilasizmi, klub rahbariyati meni avval qilgan aybimni kechirishdi. Buning uchun minnatdorman. Menda PRO licenziyasi yo'q, A licenziyasi bor, buning uchun futbol falsafasi bo'yicha o'qib kelmoqchiman.

Rahbarlar ishonishdi, bir-birimizni hurmat qilamiz. Qarshida, Qo'qonda bu kabi qiyin vaziyatlardan chiqqanmiz.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика