Bahrom Norsafarov: Xitoyga kelasi yilgi JCH yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun keldik
14 okt 2017 22:44
Yangiliklar
Bahrom Norsafarov: Xitoyga kelasi yilgi JCH yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun keldik
O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Bahrom Nosafarov musobaqadan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida qatnashib, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Mazkur turnirda ikkita Osiyo chempioni (SH.Koreya U-16 va Yaponiya U-19) ishtirok etayotganini tushunamiz va ular kuchli ekanini bilamiz. Ammo biz Xitoyga kelasi yili bo'lib o'tadigan Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun keldik. Xitoyga qarshi ilk o'yin qiyin kechishi tabiiy. Raqibni har tomonlama o'rganib, AQSH, Yaponiya va Eronga qarshi o'yinlarini tahlil qildik”, – dedi Bahrom Norsafarov.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 ayollar termasi “A” guruhida Xitoydan tashqari Tailand va SHimoliy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.
Malumot uchun, guruh bosqichida 1–2 o'rinlarni egallagan terma jamoalar yarim finalga chiqadi. Osiyo chempionati yakunida 1–3 o'rinlarni egallagan terma jamoalar esa 2018 yili Franciyada bo'lib o'tadigan 20 yoshgacha bo'lgan ayollar o'rtasidagi jahon chempionatiga yo'llanma oladi.
Fikrlar