So’nggi yangiliklar

11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  0 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  4 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  0 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  1 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  2 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  0 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  14 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  3 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  13 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  4 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  13 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0

Bahrom Haydarov: "Surxon"ga Ilhom Mo'minjonov sabab keldim" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Surxon"ga Ilhom Mo'minjonov sabab keldim"

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Surxon" uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Bahrom Haydarov o'z fikrlarini bildirdi.




"Ikkala jamoa ilk turda mag'lub bo'lgandi. SHu bois bugun jamoalar faqat g'alaba uchun borini berib o'ynadi. Futbolchilar biz bergan ko'rsatmalarni bajarishdi. To'g'ri xatolar bo'ldi, ularni ko'rib chiqamiz. Lekin yigitlar borini berib, katta mehnat qilib haqli g'alabaga erishdik. Raqibga bosim o'tkazmasangiz g'alaba qozona olmaysiz. Himoyada ham, hujumda ham bosim qilish kerak. Tezkor goldan keyin yigitlar xotirjamlikka berildik va gol o'tkazib yubordik", - dedi Bahrom Haydarov.

- "Surxon"ga rasman bosh murabbiy etib tayinlandingiz. Biroq aslida jamoani boshqa inson boshqaryotgani haqida mish-mishlar yuradi. Bunga oydinlik kirita olasizmi?
- Bu savolni kutgandim. Sababi 3 kun oldin "Surxon"ga bosh murabbiy etib tayinlandim va muxlislar orasida ham shunday gap-so'zlarni eshitdim. Jamoa ichida bu borada suhbat bo'ldi. Yigitlarga bu erga bosh murabbiy sifatida kelganimni va barcha mashg'ulotlarni o'zim olib boraman, raqiblarga qarshi taktikalarni men tanlayman deb tushuntirdim.

- "Surxon"ga aynan kimning taklifi bilan keldingiz?
- Ilhom Mo'minjonov diskvalifikaciya tufayli ayni paytda hech qaysi jamoada ishlay olmaydi. Aynan u meni rahbariyatga taklif qilgan. "Surxon" klubi rahbarlari bilan muzokara o'tkazdik va kelishuvga erishdik. Mendan tashqari yana 2-3 nafar murabbiy nomzod bo'lgan ekan. Ishonch bildirishgani uchun, shu fursatdan foydalanib "Surxon" klubi rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Qaerda ishlagan bo'lsam ham faqat oldinga intilib kelganman.


SHahboz G'ulomov

Reyting: -24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика