So’nggi yangiliklar

10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  1 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  4 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  2 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   8 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  14 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  3 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  15 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  35 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  421 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  9 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0

Bahrom Haydarov: “Neftchi”ni yaxshi kunlar kutmoqda” Yangiliklar

Bahrom Haydarov: “Neftchi”ni yaxshi kunlar kutmoqda”

“Neftchi” – “Paxtakor” (1:1) bahsidan so'ng farg'onaliklar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov o'z fikrlarini bildirib o'tdi

- O'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik va bahs mana shunday kechishini bilardik. “Paxtakor” bilan bahsda gol urish uchun baribir imkoniyat yuzaga kelishi muqarrar edi. Biz aynan mana shuni kutdik va vaziyatdan foylandik. So'zim boshida, darvozabonimiz Abdumavlon Abdujalilovga alohida rahmat aytmoqchiman. Nafaqat darvozabonga, balki bugun jamoamizning bugungi o'yinlari uchun minnatdorman. Yigitlar hozirgi paytda klub ichidagi qiyinchiliklarga qaramasdan, baribir professional futbolchi sifatida o'z kasbiga sodiq qolib, maydonda borini berib o'ynashmoqda. “Paxtakor”ni yutishni juda xohlagandik. So'nggi daqiqalardagi gol juda alamli bo'ldi. Biroq hozirgi holatimizdan kelib chiqsak, “Paxtakor” bilan durang yomon natija emas deb o'ylayman. Mana shunday muhim bahsda o'rinbosarlar jamoasidan yana bir qancha yosh yigitlar Superligada debyut qilishdi. So'nggi yillarda “Neftchi”ning yoshlar borasida olib borayotgan siyosati o'z mevasini bermoqda. Tarkibimizning asosiy qismi yoshlar jamoasidan etishib chiqqan yigitlar sanaladi. SHodiyor Xojimatov va Mirjamol Nematov singari o'rinbosarlar jamoasi vakillari ilk bor Superligada debyut qilishdi va ilk bahs uchun yomon o'yin ko'rsatishmadi. Undan tashqari Doston Tursunov va Husniddin G'ofurovlar bugun malum sabablarga ko'ra bahsda ishtirok eta olishmadi. Mazkur o'yinchilar ham “Neftchi”ning tarbiyalanuvchilari sanaladi. Anvar Berdiev bugun 500-o'yinini o'tkazdi. Uni tabriklab qolaman. Hali Berdievning maydonda va uning tashqarisida yoshlarga beradigan saboqlari bizga juda kerak. To'g'ri “Neftchi”ning hozirgi holati havas qilarli darajada emas. Biroq muxlislarga shuni ishontirib ayta olamanki, bu kunlarning tugashiga ham oz qoldi va barchasi yaxshi bo'ladi. Mehnat qilishda davom etamiz va “Neftchi” jamoasini bunday qiyin vaziyatdan chiqib ketishiga to'liq ishonaman. SHu qatori muxlislar ham jamoani ijobiy kunlar kutayotganiga ishonishlarini xoxlardim. Hammasi shundayligicha qolib ketmaydi. Xar birimiz yaxshi ko'ramiz “Neftchi”ni! Men xam “Neftchi” jamoasini muxlisiman, futbolchilar ham. Yana bir narsani takidlashni istardim, o'sha biz kutgan yaxshi kunlar kelishini hamma istashi kerak. Umid qilamanki, qilayotgan mehnatlarimiz albatta ertaga o'z mevasini beradi.  


AnvarBerdiev: “Neftchi” - “Paxtakor” bellashuviga o'yinchilarni futbolchi sifatida alohida tayyorlashni keragi yo'q. SHundoq ham bu azaliy qarama-qarshilikka sportchi katta shijoat bilan chiqadi. Avvallari ham “Paxtakor” – “Neftchi” o'yini “o'zbek el klassikosi” sifatida keskin ruhda kechardi. Bugun ham shunday bo'ldi. Bahs uchun yigitlarga rahmat. Borini berib o'ynashdi. Hozir “Paxtakor”ni qanday kuchga ega ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. SHundan kelib  chiqib, debyutant o'yinchilar bilan jamoamiz yaxshi o'yin namoyish etdi. Ochig'i, yutishni juda istagandik. Biroq biroz omad etishmadi. Stadionga kelgan muxlislarga katta rahmat. Garchi natijalar yoqimsiz bo'layotgan bo'lsada, o'z sodiqliklarini ko'rsatib stadionga tashrif buyurishmoqda. Hali hammasi yaxshi bo'ladi. “Neftchi” jamoasini bu vaziyatdan olib chiqib ketishimizga ko'zimiz etadi. 


“Neftchi” matbuot xizmati.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика