So’nggi yangiliklar

20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  2 20:10Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  111 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  10 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  25 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1

Bahrom Hakimov: “Kenjaev qobiliyatli yigit edi. Unga yordam berishga tayyormiz” Yangiliklar

Bahrom Hakimov: “Kenjaev qobiliyatli yigit edi. Unga yordam berishga tayyormiz”

Saytimiz orqali avval xabar berganimizdek, avtofalokat tufayli futbolni tugatgan Kamoliddin Kenjaev uchun hayriya tadbiri o'tkaziladi.
Futbolchi va hayriya haqida to'liq yozib o'tdik. Biz esa Kenjaevni oliy ligada kashf qilgan murabbiy Bahrom Hakimov bilan suhbatlashib, shogirdi haqida so'radik.

- Bahrom aka, futbolchilarimiz tashabbusi bilan sobiq shogirdingiz Kamoliddin Kenjaevning sog'ligi uchun xayriya tadbiri o'tkazish rejalashtirilgan. Bu borada xabaringiz bo'lsa kerak?
- Rosti bu haqda endi sizdan eshitdim. Agar shunday bo'lsa, albatta juda yaxshi o'ylangan ish. Unda imkoni bo'lsa ishtirok etishga tayyorman.

- 29 noyabr kuni Toshkentda “SA”ning 4 yoshini nishonlanadi. SHu asnoda hayriya tadbiri ham tashkil etilib, undan tushgan pullar Kenjaev uchun sarf etiladigan bo'ldi.
 - Yaxshi fikr. Men ham qo'ldan kelganicha buning uchun yordam berishga tayyorman. SHogirdlarim bilan gaplashganimda, ularga ham bu haqda aytaman.

- Keling ushbu shogirdingiz haqida gaplashamiz. Kenjaevni oliy ligada siz kashf etgansiz. Bu qanday jarayon bo'lgan?
- Kamoliddinni 2000 yili asosiy tarkibga jalb etganman. Ungacha futbolchi o'rinbosarlar tarkibida o'ynardi. U bilan birga Botir Qoraev, Jasur Hamroev shu uchalasini bir nechta uchrashuvlarda uni diqqat bilan kuzatdim, harakatlari chakki emas. Keyin asta-sekin ularni asosiy tarkib futbolchilari bilan mashg'ulotlarga qo'shdim va zaxiradan tushirib o'ynatdik. Yosh bo'lishiga qaramay, Kenjaev ancha tirishqoq, mexnatsevar yigit edi. Mashg'ulotlarda ishlashdan qochmasdi. Insoniylik jihatdan ham boshqalarga namuna bo'ladigan edi.

- O'sha paytda “Nasaf”ning himoya chizig'ida Asror Aliqulov, Baxtiyor Namozov singari tajribali o'yinchilar bo'lishiga qaramay, endigina 20 yoshga to'lgan futbolchiga ishonch bildirishdan hayiqmaganmidingiz?
- To'g'ri, aytasiz tarkibda mahoratli himoyachilar ko'p edi. Lekin Kenjaev ham ulardan qolishmasdi. Normativni ular bilan barobar topshirardi. SHunday ekan qanday qilib uni asosiy tarkibga kiritmasligim mumkin.

- Kenjaev bilan gaplashib turasizmi? Oxirgi marta qachon gaplashgandinglar?
- Ha, Kamoliddin bilan tez-tez telefon orqali bo'lsada gaplashib turamiz. Oxirgi marta 1 oktyabr, ustoz va murabbiylar kunida gaplashgandik. Agarda Qarshiga borsam, albatta imkoni topib Kenjaevning xonadoniga ham kirib o'tishga urinaman. Oilasini yaxshi bilaman.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.


Buni hamma o'qishi shart! Kamoliddin Kenjaevga yordam beramiz, akciyada ishtirok eting!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика