So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Bahrom Hakimov: "Ikkinchi taym boshida ham tezkor kiritigan gollar bizni dovdiratib qo'ydi" Yangiliklar

Bahrom Hakimov: "Ikkinchi taym boshida ham tezkor kiritigan gollar bizni dovdiratib qo'ydi"

"Metallurg" - "Dinamo" uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Bahrom Hakimov o'z fikrlarini bildirdi.

Bahrom Hakimov, “Dinamo” FK bosh murabbiyi: Xuddi mezbonlar kabi biz ham tarkib borasida qiyinchiliklarga duch keldik. Uch nafar asosiy tarkib o'yinchimiz diskvalifikaciya bois maydonga tusha olishmadi. Albatta ularni ayblay olmaymiz. Zero ikkinchi davraning boshida jon koyitib o'ynashganliklari, barcha ehtiros va g'ayratlarini ishga solishganliklari uchun ham shu holatga tushishdi.

Muammolar esa “Metallurg”dek tajribali jamoaga qarshi o'yin arafasida yig'ilib qolganligi esa bizga qimmatga tushdi. Tarkibni yoshlar bilan to'ldirishga urinib ko'rdik. Ammo himoya chizig'i vakillari bir birlarini tushunib olganlariga qadar mezbonlar hisobni ochib olishdi. Ikkinchi taym boshida ham tezkor kiritigan gollar bizni dovdiratib qo'ydi. Farqni minimal darajada qisqatririshgacha erishdik. Afsuski, hisobni tenglashtirishga yaqinlashgan bir paytimizda mezbonlarning tajribali hujumchilari qarshi hamlada hal qiluvchi golni kiritishdi. Alamli mag'lubiyatga uchradik. Nima ham derdik, bu futbol. G'alabalar bilan mag'lubiyatlar yonma yon yuradi.

“Metallurg” har jabhada bizdan kuchli ekanligini isbotladi va biz ularni g'alaba bilan tabriklaymiz. O'z navbatida keyingi o'yinlarda muxlislarimizni ijobiy natijalar bilan quvontirishga harakat qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика