So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  17 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  13 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Bahrom Abdurahimov: “Andijon”ni oliy ligada qolishi munosib sovg'a bo'ldi” Yangiliklar

Bahrom Abdurahimov: “Andijon”ni oliy ligada qolishi munosib sovg'a bo'ldi”

“Burgutlar” tarkibida bir necha yillardan buyon yorqin o'yin namoyish etib kelayotgan Bahrom Abdurahimov jamoada qaysi murabbiy ishlamasin doimo etakchilardan biri bo'lib kelgan.
“Andijon”ni oliy ligada qolganidan so'ng Abdurahimov “SA”ga o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Ancha kamgap bo'lgan Bahrom bilan suhbat uyushtirishimiz oson kechmadi.

- “Andijon”ni oliy ligada qolishi siz kabi boshqa jamoadoshlaringizni ham xursand qilgan bo'lsa kerak? Umuman aytganda jamoani elitada qolishiga qanchalik ishongandingiz?  
- Rosti kecha futbolchilar bilan gaplashganimda kelasi yil ham “Andijon” oliy ligada ishtirok etarkan degan xabarni eshitib, juda quvonib ketdim. O'FF prezidenti Mirabror Usmonov tomonidan munosib sovg'a bo'ldi. Fursatdan foydalanib butun jamoamiz nomidan qolaversa Andijon xalqi nomidan Mirabror Zufarovichga minnatdorchilik izhor etaman. Bunday imkoniyat har doim berilavermaydi. Xalqimizda ko'r hassasini bir marta yo'qotadi degan gap bor. SHunday ekan kelasi yil endi munosib ishtirok etish talab etiladi. Muxlislarni xursand qilish kerak!

- Jamoaning uchinchi bor oliy liga bilan xayrlashishiga nima sabab bo'ldi deb hisoblaysiz?
- Birinchi ligadan kuchlilar safiga chiqqanimizdan so'ng yana elitani tark etishni hattoki hayolimga ham keltirmagandim. CHunki bunday tarkib bilan bemalol turnir jadvalining kamida o'rta pog'onalarida yurishimizga ishongandim. Biroq ayrim sabablarga ko'ra, jamoa chempionatni so'nggi o'rinda tugatdi. Albatta bu barchamiz uchun qayg'uli edi. Bunday bo'lishini sira istamagandik. Bu yil so'nggi o'rinni egallashimizda alohida bir sababni ko'rsatish qiyin. Bunda butun jamoaning aybi bor. Rahbariyatdan tortib, futbolchilargacha. O'zingizga yaxshi malum, jamoamizda murabbiylar almashinuvi juda ko'p yuz berdi. Bir mavsumning o'zida 4ta murabbiy bilan ishladik. Albatta bu ham salbiy tasirini o'tkazmasdan qolmadi. CHuqur tahlil qiladigan bo'lsak, gap ko'p.

- Jamoa birinchi ligaga tushib ketgach, ko'plab futbolchilar o'zlarini oliy liga jamoalarida sinab ko'rishga ahd qilayotgandi. Endi ularning ayrimlari bu qaroridan qaytishi ham mumkin deb taxmin qilamiz. SHaxsan siz keyingi taqdiringiz xususida nima deya olasiz?
- Keling yaxshisi bu sir bo'la qolsin. Qishki yig'inlar boshlangandagina bir to'xtamga kelishim mumkin. Ungacha aniq bir fikr bildira olmayman. 

- Aytishlaricha jamoa futbolchilar bilan to'liq hisob-kitob qilmagan ekan. SHu rostmi?
- Ha. Menimcha qolib ketgan oylik va mukofot pullarimizni endi berishsa kerak.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика