So’nggi yangiliklar

02:00АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1 (матнли трансляция)  9 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  23 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:56"Реал" — "Эльче". Таркиблар маълум  3 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  1 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  14 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  2 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  21

Bahriddin Vahobov: “Milliy terma jamoadan taklif bo'lishiga umid qilyapman” Yangiliklar

Bahriddin Vahobov: “Milliy terma jamoadan taklif bo'lishiga umid qilyapman”

“Qizilqum” hujumchisi Bahriddin Vahobov uchun bu yilgi mavsum muvaffaqiyatli o'tmoqda desa bo'ladi.
Boisi tajribali hujumchi ortda qolgan mart va may oyining “Eng yaxshi futbolchisi” bo'ldi. SHuningdek uning jamoasiga foyda keltirayotgan gollarini ham etirof etish lozim. Vahobov shu kungacha chempionat o'yinlarida 14ta gol urishga erishdi. O'tgan turda “Navbahor” darvozasiga 3ta gol urishga erishgan futbolchi, “championat.asia” talqiniga ko'ra, turning ramziy terma jamoasidan o'rin oldi. SHu munosabat bilan Bahriddin suhbatga chorladik.

- O'zbekiston Professional futbol ligasi va championat.asia sayti tomonidan tashkil etib kelinayotgan “Oyning eng yaxshi futbolchisi” sovriniga may oyida siz egalik qildingiz. SHunday bo'lishiga qanchalik ishongandingiz?
- Ochig'ini aytganda, may oyida ham ushbu sovrinni qo'lga kiritaman deb sira o'ylamagandim. CHunki mart oyida ham “Eng yaxshi futbolchi” nominaciyada g'olib bo'lganimdan so'ng, yana takrorlanishiga ishonmagandim. May oyida sovringa ega chiqqanimdan tabiiyki xursand bo'ldim. Bunday etibor menimcha har qanday futbolchiga zavq bag'ishlaydi va o'z ustida yanada ko'proq ishlashga undaydi. Kayfiyatim ko'tarilgani shubhasiz. Fursatdan foydalanib, meni ushbu sovringa munosib ko'rganlarga minnatdorchilik bildiraman.



- Siz uchun bu yilgi mavsum alo darajada o'tmoqda. Fikrimizga o'zingiz ham qo'shilsangiz kerak?
- Ha, ko'z tegmasin. Hozircha hammasi yaxshi. Men hujumchiman, vazifam gol urish. To'purarlar ro'yxatida peshqadamlik qilayotgan ekanman, demak yomon bo'lmayapti. Asosiysi gollarim bilan jamoamga foyda keltiryapman. “Qizilqum”ning bugungi kunda egallab turgan o'rnini (6-o'rin) qoniqarli baholash mumkin.

- Hisobingizda hozircha 14ta gol bor. Aslida mavsum avvalida o'z oldingizga bu borada qanday maqsad qo'ygandingiz?

- To'g'risi, 10ta gol urib olsam ham katta gap deb o'ylagandim. Lekin ishlarim yurishib ketib, o'zim kutgandan ham ko'p gol ura boshladim. Bunda jamoadoshlarimning ham katta xissasi bo'lyapti. Hujumchini pas bilan taminlab beruvchi uning jamoadoshlaridir. Nasib qilsa keyingi uchrashuvlarda ham gollar urib, jamoamga foyda keltirishga urinaman.

- Ko'ryapmiz, murabbiylar sizni aksariyat o'yinlarda zaxiradan maydonga tushirmoqda. Siz uchun qay biri muhim o'yinni ilk daqiqalardan boshlashmi yoki uchrashuv oxirlarida maydonga tushib, gol urishmi?

- Muhimi urgan golim jamoamga foyda keltirishidir. Qancha vaqt o'ynash esa ikkinchi darajali. Tasavvur qiling, 90 daqiqa o'ynadingiz ammo gol yo'q. Hujumchi uchun bundan nima naf.



- “Qizilqum”ning muvaffaqiyatli ishtirokini sababi nimada?

- Bu yil tarkib yaxshi yig'ildi va shakllantirilmoqda. Oylik va mukofot pullari o'z vatida berilmoqda. Rahbariyat o'z ishiga to'g'ri yondoshgani ko'rinib turibdi. Professionallik sari odimlamoqda.

- Bu yil sizga chempionatimizdagi qaysi hujumchilarning o'yini yoqmoqda?
- Birinchi navbatda Igor Sergeevni ko'rsatgan bo'lardim. Keyin Vyacheslav SHevchenko. Ushbu jamoadoshimning ham xizmati katta bo'lyapti. Qolaversa “Nasaf”dagi Ilhom SHomurodov ham chakki emas. Oxirgi turlarda gol urishni boshladi.

- Ayrim o'yinlarda xet-trik qayd etib, yana muxlislar va mutaxassilar etiboriga tusha boshladingiz. Yaqinda futbolimizdagi taniqli shaxslardan biri bilan suhbatlashganimizda, Sizni terma jamoaga taklif etilmayotganingizdan xayron qolayotganini bildirdi. O'zingiz MTJdan taklif kutyapsizmi yoki bu haqda o'ylab ko'rmadingizmi?
- To'g'risi, milliy terma jamoadan taklif bo'lishini kutyapman va bu borada ozgina bo'lsa ham umidim bor. Lekin buni murabbiylar hal qiladi. Agarda taklif qilsa, bundan xursand bo'lardim va bor kuchim bilan o'ynab, vatanimizning bosh jamoasiga foyda keltirishga urinaman. Extimol murabbiylar Vahobovni yoshi o'tdi deb o'ylashayotgandir. Yana kim biladi deysiz.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика