So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  11 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  28 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Bahodir Ahmedov: Jahon chempionati uchun jamoa shakllantiryapmiz Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: Jahon chempionati uchun jamoa shakllantiryapmiz

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo chempionati final bosqichiga qadar bir qator xalqaro musobaqalarda ishtirok etadi.

 Bu haqda terma jamoa bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov Qirg'izistonga qarshi saralash bosqichi uchrashuvidan so'ng malum qildi.

7 noyabr kuni O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bosqichi so'nggi turi doirasida Qirg'iziston termasiga qarshi maydonga tushdi va 5:1 hisobida g'alaba qozondi. Bungacha Bahodir Ahmedov shogirdlari Turkmanistonni 10:1, Tojikistonni esa 5:4 hisobida mag'lubiyatga uchratishgan edi.


Yigitlarimizdan juda ham xursandman. Legionerlarimiz ham, terma jamoaga yangi jalb etilgan yosh o'yinchilar ham juda yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Ularning harakatlaridan qoniqish hosil qildim. 4:0 hisobidan so'ng asosan yosh o'yinchilarga imkoniyat berishga harakat qildik va ular yomon harakat qilishmadi, deb o'ylayman. To'g'ri, malum xatolar bo'ldi, umuman, xatolar har doim ham bo'ladi. Biz maydonga malum hisobda g'alaba qozonamiz deb chiqmagandik, hech qachon bunday maqsad bo'lmaydi – bu yigitlarning harakatiga xalal beradi. Hammasi oddiy – biz har qanday o'yinda faqat g'alabani maqsad qilib maydonga chiqamiz, - dedi O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi.


O'zbekiston futzal terma jamoasi 2-turdan so'ng Osiyo chempionati final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lgan edi. Final bosqichidagi o'yinlar yanada masuliyatli, yanada og'irroq bo'lishi turgan gap.


Saralash bosqichida hech bir o'yin oson bo'lgani yo'q. Ha, avvallari shunday gaplar bo'lardi: musobaqa boshlanishi arafasida hamma finalga Eron bilan Yaponiya chiqishini aytardi. Biroq hozir bunday fikrlar yo'q, chunki futzal saviyasi butun qita bo'ylab sezilarli o'smoqda va har bir jamoa istalgan raqibga kutilmagan qarshilik ko'rsatishi mumkin, deyarli taxmin qilib bo'lmay qolgan. Final bosqichiga tayyorgarlik haqida gapiradigan bo'lsam, reja bo'yicha Ozarbayjon, Vetnamda tashkil etiladigan xalqaro musobaqalarda ishtirok etamiz. SHuningdek, Ozarbayjon termasini Toshkentga taklif etish rejasi ham bor. Iloiji boricha yosh futbolchilarga imkon beramiz, ular tajriba to'plashi, malakasi oshishi uchun harakat qilamiz, - dedi Ahmedov.



Saralash bahslari arafasida asosan mahalliy va yosh o'yinchilardan, yani, legionerlarsiz O'zbekiston futzal terma jamoasi Eronning eng kuchli – Sanae Giti Pasand klubiga qarshi to'p surib, dastlab 2:3, so'ng esa juda yirik – 1:10 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bahodir Ahmedovning takidlashicha, ushbu o'yinlardagi natijalarga etibor bermaslik kerak.


Eron klubiga qarshi o'yinlarda asosan yosh, yangi o'yinchilarni sinadik, ularga imkon berdik. Ularga bugun imkon bermasak, ular yana qachon bunday jamoalarga qarshi to'p surishadi, tajriba to'plashadi? Sanae Giti Pasand, uning murabbiy va futbolchilari bilan yaqindan tanishmiz, ular ham bizni juda yaxshi tanishadi. Tarkibimizda etakchilar yo'qligini ko'rib, savol bilan murojaat qilishganida, men ularga asosiy etiborni yosh futbolchilarga qaratayotganimiz, maqsadimiz jahon chempionati bahslari uchun yangi jamoani shakllantirish ekanligini aytdim. Ular esa meni qo'llab-quvvatlab, O'zbekistonda qabul qilingan ushbu qarorni juda to'g'riligini takidlashdi, chunki ularning o'zi ham yoshlarni xalqaro musobaqalarga jo'natib, tajriba orttirishlariga imkon yaratishadi. Qozog'istonda to'p surayotgan etakchi legionerlarimizning aksariyati 30dan oshgan, yana 2-3 yildan so'ng esa faoliyatini yakunlaydi. Biz esa, qayd etganimdek, jahon chempionati uchun tayyorgarlik ko'rmoqdamiz, - deya qo'shimcha qildi O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика