So’nggi yangiliklar

12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  3 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  2 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  1 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  0 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  5 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  6 02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  68 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  4 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  5

BAA U-16 terma jamoasi ustozi: "O'FA taklifiga ko'ra Toshkentga keldik" Yangiliklar

BAA U-16 terma jamoasi ustozi: "O'FA taklifiga ko'ra Toshkentga keldik"

O'zbekiston U-16 - BAA U-16 o'rtoqlik uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Majid Salim Obaid Kasin Alzaabi o'z fikrlarini bildirdi.

"Bu erda ekanligimdan mamnunman. Ertaga O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz. Bu o'yin Osiyo chempionati saralashidan oldingi juda muhim bahs bo'ladi. Natijadan ko'ra yaxshi o'yin ko'rsatish biz uchun ustvor vazifa hisoblanadi.

Xabaringiz bor, bizning saralash o'yinlarimiz Qirg'izistonda bo'lib o'tadi. O'FA taklifiga ko'ra Toshkentga keldik va kuchli jamoaga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushish imkoniyatga ega bo'lamiz. Bu erdagi ob-havo Qirg'izistonga ancha yaqinligi ham bizga qo'shimcha yordam bo'ladi.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi kuchli shu bois ikkala o'yinda ham asosiy tarkib o'yinchilari bilan harakat qilamiz. Bu o'yinlar 8 va 11 sentyabr kuni o'tkaziladi. Osiyo chempionati saralashida ham o'yinlar mana shunday tig'iz vaqt oralig'ida bo'lib o'tishini unutmang.



Ikki oy saralash bahslariga tayyorgarlikni boshladik. 21 kun davomida o'z uyimizda shug'ullandik, keyin esa Serbiyaga borib yig'in o'tkazdik. Bu erda Makedoniya va "Crvena Zvezda" yoshlari bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdik. Toshkentga kelishdan oldin Saudiya Arabistoni o'smirlari bilan ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazdik. Ortda qolgan yig'inlar va o'yinlar anchagina foydali bo'ldi.

Guruhimizdagi uchala raqib Qirg'iziston, Livan va Iroqni o'rganib chiqdik. Iroq jismoniy jihatdan anchagina kuchli, livanliklar esa texnik va individual jihatdan kuchli futbolchilardan iborat. Qirg'iziston haqida esa qolganlarga nisbatan kamroq malumotga egamiz. Osiyo chempionati saralashida o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz", - dedi Majid Salim Obaid Kasin Alzaabi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика