So’nggi yangiliklar

13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  1 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  2 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   2 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2

B PRO-Liga. “Turon” mavsumni g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

B PRO-Liga. “Turon” mavsumni g'alaba bilan boshladi

Pro-Liga "B" guruhi 1-turida "Turon" o'z maydonida "Lokomotiv-BFK" jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvdan oldin o'zbek estrada sanatkorlari ijrosida koncert dasturi hamda rasmiy shaxslar ishtirokida O'zbekiston tumanida Pro-Liga uchrashuvlarining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. 5000ga yaqin muxlis qarshisida o'tgan ochilish marosimi yuqori saviyada tashkil etildi.

Uchrashuvning birinchi bo'limi keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi. Har ikki jamoa vakillari raqiblari darvozasini ishg'ol qilish uchun astoydil harakat qilgan bo'lsalarda, darvozalar daxlsiz qoldi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limi maydon egalarining faol harakatlari bilan boshlandi. Nihoyat 50-daqiqaga kelib uchrashuvda hisob ochildi. «Turon» jamoasining yosh futbolchisi Muhammadaziz Obidjonov kuchli zarba bilan «Lokomotiv-BFK» darvozasini ishg'ol qildi. SHundan so'ng har ikki jamoa vakillarida raqib darvozasiga gol kiritish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, vaziyatlar samarasiz yakunlandi.

SHu tariqa «Turon» jamoasi o'z maydonida «Lokomotiv-BFK»ni kichik 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, 3 ochko sohibiga aylandi.


PRO-liga. "B" guruhi.
1-tur
“Turon" – “Lokomotiv-BFK” 1:0 (0:0)
Gol:
Muhammadaziz Obidjonov 50, (1:0)
Hakamlar: Elyor Tursunov, Maksim Nexochin, Abdulxamid Abduraimov, SHaxboz Vahobjonov.
Nazoratchi: A. Tambovcev
Komissar: Oybek Yunusov.

«Turon»: 1. Alisher Faxriddinov, 2. Abdulaziz Abdurashidov, 3. Oqil Maxmudov, 5. Oybek Axmatov, 7. Akbar Abduraxmonov, 8. Axror Umerjonov, 10. Mo'ydin Mamazulunov, 11. Muxammad Obidjonov, 15. SHoxrux Xolmatov, 18. Asliddin Toshtemirov, 25. Ismoil Oxunjonov.
Zaxira:12. Mirzoxid Jalilov, 14. Abduxoliq Ziyoev, 17. Doston Meliqo'ziev, 19. Alisher Ziyovuddinov, 20. Azam Solijonov, 22. Bilol Muxtorov, 23. SHukur Rustamjonov

«Lokomotiv-BFK»: 52. Sardor Sodiqov, 5. Abdulaziz Nishanboev, 23. Murodjon Adashboev, 20. Javoxir Olimjonov, 6. Farxod Muxammadjonov, 9. Rustam Xazratqulov, 4. Sardor Ismoilov, 14. Asilbek Orifjonov, 11. Arslonbek Sultonov, 27. Muxammadali Sultonov, 10. Bobur Tillaboev.
Zahira: 1.Aleksey Kim, 8.Javohir Aliqo'ziev, 12.Saidmirzo To'xtasinov, 18. Artur Avanasov, 21.SHaxboz Qalandarov, 24. Jahongir Omonjonov, 25.Yusufbek SHoimov.


Bekzod Tolibov tayyorladi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика