Azmun faoliyatini top-5 liganing boshqa klubida davom ettirishi kutilmoqda
31 jan 2023 08:15
Yangiliklar
Azmun faoliyatini top-5 liganing boshqa klubida davom ettirishi kutilmoqda
Sardor Azmun “Bayer”da muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti va shu tufayli jamoani tark etmoqchi.
Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, “Marsel” eronlik forvardni o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Tomonlar muzokaralarni boshlab yuborgan va francuz klubi Azmunni hujumni kuchaytirish uchun 2-3 variantdan biri deb hisoblamoqda.
28 yoshli o'yinchi joriy mavsum leverkuzenliklar tarkibida 13 bahsda qatnashib, bitta assist qayd etdi. U eski jarohatlari tufayli o'zini ko'rsata olmayotgani aytilmoqda. Bungacha Eron TJ azosi “Rubin”, “Rostov” hamda “Zenit”da yorqin davrlarni o'tkazgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar