So’nggi yangiliklar

23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  0 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  5 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  12 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  6 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0

Aziz Turg'unboevning transferi bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi FOTO Yangiliklar

Aziz Turg'unboevning transferi bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi FOTO

O'FA binosi ichida soat 11:00da Aziz Turg'unboev masalasi bo'yicha yig'ilish boshlandi.

Ushbu sahifada yig'ilish tafsilotlari yoritib boriladi.


Dastlab ushbu transfer haqida qisqacha malumot: 

Turg'unboevning PFL ro'yxatidan o'tkazilgan va “Navbahor”ga tegishli bo'lgan shartnomasi 2018 yilning noyabr oyi so'ngida o'z kuchini yo'qotgan. “Navbahor” va “Paxtakor” futbol klublari o'tgan yilning so'nggi oyida futbolchini PFL ro'yxatidan o'tkazishga urinib ko'rdi. Biroq transfer oynasi 17 dekabr sanasida ochilishidan kelib chiqib, PFL har ikki tomon shartnomasini ham qabul qilmadi.

SHu yilning 22 yanvar kuni “Paxtakor” Aziz Turg'unboev bilan 1 yanvar kuni tuzilgan shartnomani CHempionlar ligasi uchun ro'yxatdan o'tkazishga olib keldi. 28 yanvar kuni esa klub mazkur shartnomaga imzo qo'ygan futbolchi “Navbahor” safida xorij yig'inida ishtirok etayotgani yuzasidan shikoyat arizasi bilan PFL bosh direktoriga murojaat yo'lladi.

Mazkur shikoyat arizasi PFL tomonidan O'FAning “Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mita”ga oshirildi. Komissiya tez kunlar ichida bu masala yuzasidan ish boshladi. Unda “Navbahor” va “Paxtakor” futbol klublari bosh hamda sport direktorlari, futbolchi Aziz Turg'unboevning o'zi va mazkur masala yuzasidan malumotga ega deya tahmin qilinayotgan boshqa shaxslar ishtirok etadi.


Aziz Turg'unboevning yaqini: "Gap pulda emas, Aziz OCHL tufayli "Paxtakor"ga o'tmoqchi"

"Aziz Turg'unboevning "Navbahor" bilan 2020 yilga qadar shartnomasi bor"

Aziz Turg'unboev "Paxtakor" futbolchisiga aylandi

"Navbahor" FK: Turg'unboevning shartnomasi yakunlanmagan

Azizbek Turg'unboev: «Paxtakor» rahbariyati meni tushunadi deb umid qilaman»

O'zbek transfer bozoridagi Turg'unboev "seriali"

“Paxtakor” Akram Komilov, Sardor Sobirxo'jaev va Aziz Turg'unboevni OCHL-2019 uchun ro'yxatdan o'tkazdi

O'FA Aziz Turg'unboev ishini ko'rib chiqadi 



YANGILASH


10:45. "Navbahor" sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov O'FA binosiga etib keldi. Bugungi kunda "Surxon"da ishlayotgan murabbiyning ham Turg'unboev transferida "roli" borligi ko'pchilik tomonidan malum qilingan edi.




10:55. "Paxtakor" vakillari Dmitriy Admisman va Jafar Irismetov O'FA binosiga kirib ketishdi. Irismetov kuni kecha aynan shu yig'ilish uchun BAAdan etib kelganini aytib o'tish lozim.




11:07. Nihoyat Azizbek Turg'unboev va "Navbahor" vice-prezidenti SHamshod Sarikov O'FA binosiga etib kelishdi. Kuni kecha "Navbahor"ning Qrimdagi yig'ini yakuniga etdi. 



11:30. Mazkur yig'ilish yopiq tarzda o'tmoqda. SHu bois hozircha yig'ilish qatnashchilarini chiqishini kutayapmiz...



11:45. MOQ prezidenti va O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov O'FA binosiga etib keldi. Biroz oldin MOQ binosida tashkil etilgan yig'ilishda O'zbekiston boks federaciyasiga yangi vice-prezident saylandi. Unda qatnashgan Ahmadjonov yig'ilishni tugatib, O'FA binosiga keldi. 




12:06. Umid Ahmadjonov O'FA binosini tark etdi 




13:02. "Paxtakor" sport direktori Jafar Irismetov O'FA binosini tark etdi. 



13:50. Hozircha jim-jitlik, ichkarida nimalar bo'layotganidan xabarimiz yo'q.


13:55. O'FA binosi atrofida "Navbahor" va "Paxtakor"ning bir necha nafar muxlislari yig'ilishgan. 


14:20. "Paxtakor" bosh direktori Dmitriy Adisman O'FA binosini tark etdi. Muxbirlarimiz unga yuzlanganda O'FA yakuniy qarorni endi qabul qilishini malum qildi. 


14:24. SHamshod Sarikov va Aziz Turg'unboev ham O'FA binosidan chiqishdi. Muxbirlarimiz ularning fikrlari bilan qiziqishdi. Biroq Sarikov ham, Turg'unboev ham hozir mavridi emas deb javob berishdi. 



Demak Turg'unboevning transferi bo'yicha yakuniy qaror dushanba kuni O'FA tomonidan elon qilinadigan bo'ldi. Bu haqda "Paxtakor" vakillari bizga malum qilishdi.




Reyting: -102   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика