So’nggi yangiliklar

21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  0 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  0 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  4 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  8 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  15 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  10 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0

Aziz Ibragimov "Dinamo", "Buxoro" va MTJ haqida Yangiliklar

Aziz Ibragimov "Dinamo", "Buxoro" va MTJ haqida

Sport kanali orqali efirga uzatilgan "Futbol sharhi" ko'rsatuvida mehmon bo'lgan "Buxoro" klubi futbolchisi Aziz Ibragimov birinchi davrada duch kelgan bazi muammolar va terma jamoa haqida fikr bildirdi.


"Dinamo"dagi faoliyatimga keladigan bo'lsak, Samarqand juda chiroyli va yaxshi shahar. "Dinamo"ning stadionidagi maydon chimi yaxshi holatda. Lekin "Dinamo" rahbariyatida bazi o'zgarishlar qilinishi kerak deb o'ylayman. Men "Dinamo"dagi faoliyatimdan qoniqmadim. Klub istiqomat qilgan qarorgoh juda yomon ahvolda edi. Yuvinish xonasida bittagina dush ishlardi. Kir yuvish xonasi ham juda achinarli holatda edi. Futbolchilar o'z kirlarini o'zlari yuvishardi, buning uchun esa ancha uzoq navbat kutardik. Barcha xonalarda ham kondicionerlar ishlamasdi. Umumiy qilib aytganda, klub qarorgohi yomon ahvolda qolgandi. Futbolchilar rahbariyat qilishi lozim bo'lgan ishlarni o'zlari bajarishardi. Hamma o'z ishini qilishi kerak deb o'ylayman. "Dinamo"da klub rahbariyati o'zgarishlarga muhtoj. "Buxoro"da esa aksincha. Buxoroda futbolchilarga kerakli bo'lgan barcha sharoitlar yaratib berilgan. Yotoqxonada ham sharoitlar yaxshi, simsiz internetgacha biz futbolchilarga muhayyo etilgan. Futbolda mayda narsalar bo'lmaydi. Barcha klublar avvalo haqiqiy professional bo'lishi lozim deb o'ylayman", - deya o'z fikrlarini bildirdi Aziz Ibragimov.

"Terma jamoamiz Samvel Babayan qo'li ostida har taraflama yaxshi tarafga o'zgardi. Taktik jihatdan ham, boshqa tashkiliy ishlarda ham terma jamoamiz kuchaydi. Samvel Babayan kuchli mutaxassis ekanligini isbotladi. Beshta o'yin va beshta g'alaba so'zlarim isboti bo'la oladi", - deydi Aziz Ibragimov.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика