So’nggi yangiliklar

01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  0 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47

Aziz Haydarov: "Jahon chempionatiga chiqish uchun uy o'yinlarida yutsak bo'ldi, boshqa narsa kerak emas" Yangiliklar

Aziz Haydarov: "Jahon chempionatiga chiqish uchun uy o'yinlarida yutsak bo'ldi, boshqa narsa kerak emas"

O'FA terma jamoalar bo'limi sobiq rahbari championat.asia saytiga bergan intevryusida davlat tomonidan futbolga ajratiladigan mablag', klublarning xususiylishtirilishi va boshqa mavzularda fikrlarini bayon etdi.

– Futbolchi terma jamoada jarohat olsa, uni kim davolashi kerak? 

– Albatta, associaciya. CHunki terma jamoada jarohat olgan futbolchilarning davolanishiga FIFA tomonidan pul to'lab beriladi, yani har bir davlat terma jamoalarining jarohatlangan o'yinchilari uchun FIFAning "Terma jamoa futbolchilari huquqlarini himoya qilish" bandiga ko'ra 40 000 evro miqdorida pul ajratadi. Buning uchun Futbol Associaciyasi tashkilot nomiga ariza bilan chiqishi lozim.

Klublar terma jamoadan jarohat bilan qaytgan futbolchilari davolanishi uchun associaciyaga murojaat qilib chiqishlari lozim. Bunga klublar mablag' sarflashlari shart emas. Masalan, Fozil Musaev terma jamoa o'yinida jarohat oldi va barcha xarajatlarni FIFA to'lab berdi. 

– Bizda muxlislar davlat futbolga ko'p pul ajratadi, faqat biznikilar to'g'ri ishlatishni bilmaydi, davlatni pulini eydi, deb o'ylashadi. Siz shunga qanday munosabat bildirasiz, bu qanchalik to'g'ri?

– Oddiy olib qarasak, davlatni pulini faqatgina futbolchilar emayapti. Tan olaylik, futbolchilardan tashqari davlat byudjetidan pul oladiganlar ko'p. Futbol bu davlatimizning obro'si, uni ko'tarish uchun mablag' kerak. Bunga faqat O'zbekiston emas, butun dunyo, har bir mamlakat pul ajratadi. Masalan, Saudiya Arabistoni klublari boy bo'lgani bilan doim davlatdan mablag' oladi . Men "Al SHabab"da o'ynagan vaqtlarimda davlat klubga 20 million dollar berardi. Kamiga bu men bilgan eng kam pul oluvchi jamoa edi.

Davlat pullari klubning ayollar, bolalar jamoasi, futzal, ulardagi murabbiy va futbolchilarning maoshlari, barcha-barchasi uchun ajratiladi. Hammasi uchun deylik, 3 million dollar sarflanyapti, bu etarli deb o'ylaysizmi? 

Bundan tashqari, legioner futbolchilarning o'ziga ancha xarajat talab etiladi. Aytmoqchimanki, agar biz zo'r legionerlarni olib kelib, chempionat saviyasini oshirmoqchi bo'lsak, ular uchun alohida mablag' ajratishimiz zarur. CHempionatni rivojlantirishimiz mumkin, qachonki, biz buni to'g'rilasak, yaxshi o'yinchilar etishib chiqsa, bu butun o'zbek futboli obro'si ko'tarilishiga xizmat qiladi. Sir emaski, rivojlanish ulkan xarajatni, mehnatni talab etadi. Futbol ham shunday ko'tariladi!

Mustaqil davlat bo'lganimizga endigina 30 yil bo'ldi. Yurtimizda rivojlanishi kerak bo'lgan sohalar juda ko'p. Barchasi sekin-sekin ko'tariladi. SHu qatorda futbolimiz ham. Evropaga, Angliya futboliga qiziqamiz-ku, lekin ularning infratuzilmasi, uzoq yillar davomida qilgan ishlarini biz hali qilolmaymiz. SHuning uchun biz o'zimizga mos, o'zbekligimizga xos tarzda ishlashda davom etishimiz lozim. Jahon chempionatiga chiqishimiz uchun uydagi hamma o'yinda yutsak bo'ldi, boshqa narsa kerak emas.

– Klublarimiz xususiy bo'lishi uchun nima qilish kerak?

– Bilasiz, prezidentimizning barcha klublarni xususiylashtirish to'g'risida qarori chiqqan. Biz buning uchun ularni boyitishimiz kerak. Savol tug'iladi, qanday qilib? Keling, jamoalar stadionlari yoniga park quraylik, tibbiy markaz quraylik. SHularning hammasi jamoaga ishlasa, byudjetiga foyda keltirsa, ertaga klubni sotib oladigan insonga ham bu qiziqarli va manfaatli bo'ladi. Stadionni sotib olaman, o'rniga uy quraman, demaydi. SHu stadionni yuritaman, klubni rivojlantiraman, deydi. CHet eldagi jamoalarning stadionlariga qarang, muxlislar uchun ichida hamma sharoiti bor. CHempionatimiz klublari ham shunday rivojlanishlari lozim. Bir narsa o'sib, bir narsa qolib ketmaydi.

Muxlislarning stadionlarga tashriflari ham muhim ahamiyatga ega. O'ylaymanki, yurtimizda sekin-asta oylik maoshlar oshib, yashash sharoitlari joyiga tushsa, odamlar bemalol, xuddi kinoteatrga tushganda maza qilib, madaniy hordiq olganidek futbol tomosha qilishga keladi. Qolaversa, bolalar o'ynaydigan maxsus hududlar tashkil qilish lozim. Ular keyin ota-onalarini olib keladi, "Yuringlar, futbol ko'raman", deb.

Hamma narsa qilish kerak, shunda klubni sotib oladigan odamga qiziq bo'ladi. Foyda kelmaydigan jamoani kim sotib oladi? Ularga er berish kerak, stadion atrofida odamlarni qiziqtiradigan obektlarni barpo etsa, o'ylaymanki, muxlislar uchun ham bu juda qiziqarli bo'ladi.

Quyida to'liq intervyuni tomosha qilishingiz mumkin:


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика