Aziz Asimov GULF Cup musobaqasi yarim finalidagi Iroq-BAA uchrashuvini boshqaradi
02 jan 2018 11:26
Yangiliklar
Aziz Asimov GULF Cup musobaqasi yarim finalidagi Iroq-BAA uchrashuvini boshqaradi
Aziz Asimov 22 dekabrdan 5 yanvargacha Kuvaytda o'tkaziladigan GULF Cup musobaqasida (Fors Ko'rfazi mamlakatlari Kubogi) bosh hakam sifatida ishlashi, unga qanotlarda Temur Gaynullin va Andrey Capenkolar yordam berishi haqida avval xabar berib o'tgandik.
O'zbekistonlik hakamlar ushbu musobaqadan o'rin olgan ikkita uchrashuvda ish olib borishdi. 25 dekabr kuni BAA va Saudiya Arabistoni terma jamoalari hamda 29 dekabr kuni Qatar va Bahrayn terma jamoalar ishtirokidagi uchrashuvlarni boshqarib borishdi.
Bugun 2 yanvar kuni musobaqaning yarim final o'yinlari bo'lib o'tadi. Aziz Asimov yarim finaldan o'rin olgan Iroq va BAA terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni boshqaradi. Temur Gaynullin va Andrey Capenkolar yon hakam sifatidi ish olib borishadi.
Fikrlar