Aziz Amonov: "Olimpik"ning ikkinchi tarkib bilan maydonga tushishi aniq edi. Hozir hamma futbol o'ynashni biladi"
28 sen 2023 23:42
Yangiliklar
Aziz Amonov: "Olimpik"ning ikkinchi tarkib bilan maydonga tushishi aniq edi. Hozir hamma futbol o'ynashni biladi"
|
Olimpik Temur Mamasidiqov - 56' |
Superliga. 20-tur 28/09/2023, 17:00 3
:
1
Tugadi
|
Nasaf Azizbek Amonov - 1', Mateus Lima - 32', Marko Stanoevich - 89' |
- O'yin haqida...
- G'alaba bilan barchani tabriklaymiz. "Bunyodkor"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng bugun g'alaba qozonib, aybimizni yuvishimiz shart edi. Qolaversa, oldinda OCHL uchrashuvi bor. Bu g'alaba jamoaga ko'tarinkilik berishi shubhasiz. Xudoga shukur uch ochko bilan ortga qaytdik.
- "Olimpik"ning asosiy tarkibi Osiyo o'yinlarida ishtirok etmoqda. SHunday ekan qandaydir kutilmagan suyurpirizlar bo'lmadimi?
- Raqibning bunday tarkibda tushishi aniq edi. Hozir hamma futbol o'ynashni o'rganib olgan. Yildan yilga yoshlar ham o'sib boryapti. CHempionatimizda ham sovg'alar ko'p uchramoqda.
- 2:1 bo'lib turgan pallada hisobni ushlashga urinish bo'ldimi?
- Himoyaga etibor qaratish, ustunlikni raqibga berib qo'yishni anglatmaydi. Himoyalanib ham o'yinni nazorat qilish mumkin.
- "Al Sadd" bilan o'yin Qarshida o'tadi. Qatar klubi so'nggi bor Qarshiga kelganida ortga mag'lubiyat bilan qaytgan...
- OCHLda O'zbekiston shanini munosib himoya qilishga harakat qilamiz. Borimizni beramiz. Xudoga tavakkal qilib maydonga chiqamiz, deya olaman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar