So’nggi yangiliklar

10:25Sofascore. Мозговой БАА Пролигасидаги дебютидаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 10:23Илёс Зейтуллаев: "Жамоам ғалабага муносиб эди"  0 09:59Виктор Карпенко: "Бунёдкор" хатоларни кечирмаслигини ўйиндан аввал ҳам айтган эдим. Амалда шундай бўлди"  0 09:53Артета: "Олд Траффорд"да ғалаба қозонишимиз муҳим эди"  0 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:47Sofascore. Шомуродов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳо олди?  3 08:13Суперлига. Бугун Хоразмга катта футбол қайтади  7 07:45Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7 07:10Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда ғалаба голини урди, "Андижон" ва "Сурхон" эса сафарда мағлубиятга учради  1 04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  2

Azim Ahmedov: “Akam bilan faoliyatimizni “Navbahor”da yakunlash niyatimiz bor” Yangiliklar

Azim Ahmedov: “Akam bilan faoliyatimizni “Navbahor”da yakunlash niyatimiz bor”

Toshkentning “Paxtakor” klubi safida to'p tepayotgan yarim himoyachi Azim Ahmedovga bir qator klublar qiziqayotganini futbolchining o'zi intervyu jarayonida bildirib o'tdi.

“Paxtakor”ning  o'tgan kungi mashg'ulotidan so'ng, Azim Ahmedovdan intervyu olishga qaror qildik.


-  “Paxtakor”da ro'y bergan o'zgarishlar barchani hayron qoldirdi. Bunday o'zgarishlarni siz futbolchilar ham kutmagan bo'lsangiz kerak?

-  “Paxtakor”da ro'y bergan o'zgarishlar ajoyib bo'ldi. Ikkinchi davra juda ham qizg'in tarzda o'tishiga shubha qilmayapman. Jamoaga yaxshi futbolchilar jalb qilindi. Raqobat ham o'z-o'zidan oshib bormoqda. Ikkinchi davrada klubda raqobat juda ham kuchli bo'ladi.

-  Jamoaga xorijdan murabbiylar keldi. Ushbu murabbiylar qo'l ostida shu kungacha bir nechta mashg'ulot va o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazdinglar. Mashqlar ham 100 foiz o'zgarganligi aniq. Yangi mashqlarni bajarish sizlar uchun qiyinchilik tug'dirmayaptimi?

-  To'g'ri aytasiz, avvalgiga qaraganda mashg'ulotlarimiz 100 foizga o'zgargan. CHunki murabbiylarimiz Evropa jamoalarida faoliyat olib borishgan. Nasib qilsa mana shu murabbiylar qo'l ostida shug'ullanib, yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz.

-  Sizga boshqa klublardan takliflar bo'lyaptimi?

-  Bir qator takliflar bor. Yuqorida aytib o'tganimdek, bu yil “Paxtakor”da raqobat juda ham kuchli bo'ladi va o'sish ko'zga tashlanadi. Lekin, hozir “sherlar” bilan amalda shartnomam bor.


-  Agarda boshqa jamoadan jiddiy taklif bo'lsa o'sha klubga o'tasizmi?

-  Bu narsani o'ylab ko'rish kerak. Hozircha “Paxtakor” bilan birgaman. Rivojlanish maqsadida “sherlar” tarkibida qolaman.

-  Jamoaga yangi futbolchilar kelib qo'shildi. O'zingiz aytib o'tganingizdek raqobat ham kuchaymoqda. Birinchi davrada tez-tez zaxira futbolchisi bilan almashtiriladigan bo'ldingiz. Asosiy tarkibdagi joyingizni yo'qotib qo'yishdan haqida o'ylamayapsizmi?

-  Tez-tez almashtirilishimning sababi, jarohatim bor edi. Anchadan beri ushbu jarohat meni qiynab kelardi. Har bir futbolchi o'z joyini boshqa futbolchiga bo'shatib bermaslik uchun harakat qiladi. Buning uchun o'z ustimizda yanada ko'proq ishlaymiz.

-  Sobiq jamoangiz “Navbahor” sizni ortga qaytarish masalasida taklif bilan chiqdimi?

-  Albatta, “Navbahor” meni ortga qaytarish uchun jiddiy taklif bilan chiqdi. Balki taqdirimda yozilgan bo'lsa “Navbahor”ga qaytarman.

-  “Paxtakor”da katta o'zgarishlar bo'ldi, jamoa oldiga katta vazifalar qo'yildi. “Navbahor”ga qaytish ortga tashlangan qadam, deb o'ylaysizmi?

-  Bunday deb o'ylamayman. “Navbahor”ga o'tsam o'z ustimda ishlab jamoam uchun jonimni berib, maydonda to'p tepaman.

-  Gapingizda jon bor, lekin “Paxtakor” keyingi yili OCHLda ishtirok etishi haqiqatga yaqinroq...

-  “Navbahor” ham OCHLda ishtirok etishi mumkin. Bu borada “Paxtakor”da imkoniyat ko'proq bo'lishi aniq. “Navbahor” ham yaxshi homiy topsa, ular ham bunday yirik musobaqada ishtirok etishi mumkin. “Navbahor” ham OCHLda ishtirok etishiga ishonaman. Jamoa oldiga OCHLga chiqish vazifasi qo'yilsa sobiq jamoamga qaytishim mumkin. Balki ikkinchi davrada qaytarman. Buni vaqt ko'rsatadi.

-  Faoliyatingizni “Navbahor”da yakunlaysizmi?

-  Odil akamni ham, mening ham niyatim shu. Akam bilan faoliyatimizni “Navbahor”da yakunlash niyatimiz bor. “Paxtakor”ga kelganimdan beri “Navbahor”da yuragimni bir parchasi qolib ketgan.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi


Muallif :
Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика