Azar: "Yana kamida 5-6 yil o'ynamoqchiman"
09 fev 2021 18:23
Yangiliklar
Azar: "Yana kamida 5-6 yil o'ynamoqchiman"
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eden Azar kelajagi haqida gapirdi.
"Futbolni imkoni boricha ko'proq o'ynamoqchiman. Men maydonga chiqqanimda zavq olaman. Hali faoliyatimning yaqin yillari qanday o'tishi borasida o'ylab ko'rmadim.
Men endigina 30 yoshdaman. Jismoniy jihatdan menda barchasi joyida. Yana kamida 5-6 yil o'ynashni xohlayman", - deydi belgiyalik futbolchi.
Eden joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. Uning "galaktikos" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar