Azar derbi oldidan: "Diego Kosta bilan uchrashishni xohlayman"
26 sen 2019 18:13
Yangiliklar
Azar derbi oldidan: "Diego Kosta bilan uchrashishni xohlayman"
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar La Liga 7-tur doirasidagi "Atletiko" bilan o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Derbi qanday his-tuyg'ular va ehtiroslar berishini hamma biladi. Bir shaharning ikki jamoasi uchrashadigan o'yin bu.
Men gol urishni, g'alaba qozonishni va muxlislarni xursand qilishni istayman.
Diego Kosta - men bilan birga o'ynagan do'stimdir. Men u bilan maydonda ko'rishishni xohlayman", - deydi Azar.
Azar va Kosta 2014-2017 yillar davomida "CHelsi"da birga o'ynashgan.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" - "Real" bahsi 28 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar