Azar, Benzema va Asensio "Valyadolid"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi
26 dek 2022 22:16
Yangiliklar
Azar, Benzema va Asensio "Valyadolid"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi
Ispaniya chempionatining navbatdagi turi doirasida “Valyadolid”ga qarshi o'yinda “Real”ning hujum chizig'i qanday ko'rinish olishi malum bo'ldi.
Manbaning xabariga ko'ra, "Qirollik klubi"ning triosi quyidagicha ko'rinish oladi - Eden Azar, Karim Benzema va Marko Asensio.
Eslatib o'tamiz, asosiy tarkib azolaridan bo'lgan Vinisius Junior va Rodrigo "Valyadolid"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishadi, chunki murabbiylar shtabi mundialdan keyin ularga dam berishga qaror qilgan.
Azar va Asensio kelasi yozda "Real"ni tark etishlari mumkin. Markoning shartnomasi tugamoqda, Eden esa yaqinda bergan intervyusida mavsum oxirida "Santyago Bernabeu"ni tark etishini istisno qilmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar