So’nggi yangiliklar

12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  1 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  6 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  1 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  4 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  12 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  1 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  11 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  6 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  1 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  70 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  6

Azamov va Suyunovning "Nasaf"dagi xayrlashuv uchrashuvi Yangiliklar

Azamov va Suyunovning "Nasaf"dagi xayrlashuv uchrashuvi

"Nasaf"ning ikki etakchi azolari Eldorbek Suyunov va SHerzod Azamov bugun "ajdarlar" safidagi o'zlarining oxirgi o'yinlarini o'tkazishadi.


"Bunyodkor"ga qarshi 3-turning qoldirilgan bahsi bu ikki futbolchi uchun "Nasaf"dagi xayrlashuv o'yini bo'ladi.

Xabaringiz bor, Eldorbek Suyunov va SHerzod Azamov ikkinchi davradan boshlab "Paxtakor" sharafini himoya qilishi haqida malumot bergandik. Tomonlar transfer masalalarini deyarli hal etishgan. Ushbu o'yindan keyin tomonlar rasmiy jarayonni yakunlashlari kutilmoqda. Bu esa Suyunov va Azamovning "Nasaf" tarkibidagi so'nggi o'yini bo'lishini bildiradi.


Eldorbek Suyunov (2011-2017)
118 o'yin, 51 "quruq", -91 gol.

Eldorbek Suyunov "Nasaf" safida barcha musobaqalarda 118 uchrashuvda maydonga tushgan va jami 91 gol o'tkazgan. SHulardan 51 o'yinni "quruq" o'tkazgan.

Suyunov o'tkazilgan uchrashuvlarning 87tasini chempionat doirasida, 18 bellashuvni O'zbekiston kubogi, 1 ta OFK kubogi hamda 13 marta OCHL musobaqasida maydonga tushgan.

Eldorbek Suyunov "Nasaf"ga 2011 yilgi mavsumda kelib qo'shilgan. Anatoliy Demyanenko qo'li ostida darvozabon bir marta OFK kubogi o'yinida maydonga tushishga ulgurgan. SHundan keyin 2013 yildan boshlab asosiy tarkib futbolchisiga aylangan.
Bu vaqtga qadar Suyunov "Nasaf" bilan 4 marotaba bronza medalini, O'zbekiston kubogi, OFK kubogi, O'zbekiston superkubogini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.



SHerzod Azamov (2009-2017)

149 o'yin, 6 gol.

"Nasaf" sardori shu kunga qadar barcha musobaqalarda "ajdarlar" tarkibida 149 uchrashuvda maydonga tushgan. Markaziy himoyachi 6 marotaba raqiblari darvozasini ishg'ol etishga ham muvaffaq bo'lgan.

Azamov "Nasaf" safida OFK kubogi, OCHL, Oliy liga, O'zbekiston kubogi va O'zbekiston superkubogida ishtirok etgan.
Salkam 8 yillik faoliyati davomida Azamov "Nasaf" bilan kumush medali, 6 marta bronza medali, OFK kubogi O'zbekiston kubogi hamda O'zbekiston superkubogi sohibiga aylangan.

Bugungi bellashuv SHerzod Azamov uchun "Nasaf" tarkibidagi oxirgi va shu bilan birgalikda yubiley 150-uchrashuv bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, SHerzod Azamov va Eldorbek Suyunov "Mashal" akademiyasi tarbiyalanuvchilari sanalishadi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика