So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  1 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Azamat Abduraimov: "O'zbekistonning Janubiy Koreyadan kam joyi yo'q" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "O'zbekistonning Janubiy Koreyadan kam joyi yo'q"

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Xanchjoudagi Osiyo o'yinlari yarim finalida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga chiqadi.

Istaymizmi yoki yo'q O'zbekiston olimpiya terma jamoasining bugungi Janubiy Koreyaga qarshi kechadigan yarim final uchrashuvini 1994 yilgi Osiyo o'yinlariga bog'layveramiz. 

O'shanda turnirning yarim finalida Anatoliy Bishovec boshchiligidagi Janubiy Koreya terma jamoasi 1:0 hisobida taslim qilingan. Garchi raqiblar bir necha bor darvozamizni ishg'ol qilishga yaqin kelganiga qaramay darvoza to'sini va Yuriy SHeykinning seyvlari bunga yo'l qo'ymagandi. O'yindagi yagona golga esa Azamat Abduraimov mualliflik qilgan.

Golning videosini tomosha qilish uchun BU ERGA o'ting.

"Oradan deyarli 30 yil o'tib Osiyo o'yinlarida terma jamoamiz yarim finalga chiqdi va ular bugun Janubiy Koreyaga qarshi o'ynaydi. To'g'ri hozir milliy emas olimpiya terma jamolari ishtirok etmoqda. 29 yil oldin bizga qiyinroq edi. CHunki o'shanda xalqaro maydondagi ilk rasmiy musobaqamizda qatnashganmiz. Janubiy Koreya terma jamoasi 1994 yil AQSHda bo'lib o'tgan Jahon chempionatida ishtirok etib qaytgandi. Ularning o'yinlarini ko'rib koreyslar bizdan kuchliroq ekanligini bilib turgandik. 

Bu safar esa hammasi boshqacha. Olimpiya terma jamoamizning Janubiy Koreyadan kam joyi yo'q. Kapadze jamoasi Osiyo o'yinlariga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan. Futbolchilar uzoq yo'lni bosib o'tishdi. Xalqaro o'yinlarda tajriba to'plashdi. SHu bois jamoalarning imkoniyatlarini teng, deb o'ylayman. Ishonamanki, terma jamoamiz g'alaba qozonadi va 29 yil avvalgi kabi finalga chiqishadi. Ularga omad tilaymiz", - deydi Azamat Abduraimov. 

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика