So’nggi yangiliklar

16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  2 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  0 15:45ЖЧ-2026 саралаши. Япония - Австралия (Матнли трансляция)  4 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  0 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  5 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:34Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  19 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  1 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  30 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  25

Azamat Abduraimov: "O'zbek futboli tubdan islohotlarga muhtoj" (matn+video) Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "O'zbek futboli tubdan islohotlarga muhtoj" (matn+video)

Kecha Toshkentdagi "Radisson BLU" mehmonxonasining konferenciyalar zalida "O'zbekistonda sport tashkilotlarini boshqarish va jahon tajribasi" mavzusida konferenciya tashkil etildi.

Bunda sport va futbolga aloqador kishilar so'zga chiqib hozirgi o'zbek sporti va futboli haqida o'z fikrlarini bildirishdi. Konferenciya oxirida sobiq futbolchi, o'z vaqtida "Andijon", "Dinamo" kabi klublarda ishlagan Azamat Abduraimov ham futbolimizning bugungi holati to'g'risida o'z fikrini bayon etdi. 

- "SHu o'rinda men ham ushbu konferenciya yuzasidan o'z fikrimni bildirishni istardim, - deydi Azamat Erkinovich. - Bu erda o'zbek futboli rivoji uchun o'zgarish bo'lishini xohlaydiganlar yig'ilgan desam adashmagan bo'laman. Biz istalgancha bolalar futbolidagi muammolar haqida gapirishimiz mumkin, lekin bu hozirgi paytda kun mavzusi emas. Kun tartibidan o'rin olgan masala shuki, ishni avvalo futbol federaciyadagi tizimni o'zgartirishdan boshlash kerak. Negaki federaciya hozirgi kun sport talablariga javob bermayapti. Bizda bosh kotib va vice-prezident bir kishi va u hech qanday qaror qabul qilmaydi. Bizda faqat federaciya rahbarigina muhim qarorlarni qabul qila oladi. SHu bois ham federaciyaning ishlash tizimida o'zgarish bo'lishini xohlaymiz. 

Azamat Abduraimov bolalar futboliga ham qisman to'xtalib o'tdi: 

- "Vyacheslav Soloxo bizda bolalar futboli yaxshi yo'lga qo'yilgan deb aytdi, ammo oxirgi ikki yilda yoshlar va o'smirlar terma jamoalarimiz jahon chempionatiga chiqa olishmadi. Olimpiyachilarimiz Olimpiada o'yinlariga borishmadi. Mana endi milliy terma jamoamiz ham jahon chempionatidan quruq qoldi. Demak, bizda hammasi ham yaxshi emas. Ammo shuni aytish kerak, o'zbek futboli o'lgani yo'q, o'zbek futboli tirik va hech qanday Babayan uni o'ldira olmaydi. Faqat biz judayam sekin rivojlanyapmiz. Oliy liga saviyasi tushib ketgan. SHunday ekan, o'zbek futbolini o'z sohasining bilimdonlariga topshirgan maqul". 

Abduraimov shuningdek, o'zbek futboli tubdan islohotlarga muhtoj dedi:

- "O'z vaqtida men ham Rossiya futbol ittifoqida ishlaganman va u erda texnik direktor, sport direktori kabi lavozimlar bor. Bizda esa sport direktori yo'q, texnik direktor lavozimidagi kishi esa o'z ishini bilmaydi. Hozirgi sharoitda hukumat bizga yordam berib o'zbek futbolini inqirozdan olib chiqishda qarashishi kerak. Biz translyaciyalar uchun televideniedan pul olmaymiz, atributika va chiptalar sotuvi yaxshi emas. Faqat davlat tomonidan berilayotgan yordam tufayligina futbolimiz bir amallab oyoqda turibdi. Lekin bu hol qachongacha davom etadi? O'FF prezidentligi uchun saylovga kam vaqt qolyapti, lekin nomzodlar nomini haliyam bilmaymiz. Bu esa o'zbek futboli tubdan islohotlarga muhtoj ekanini ko'rsatadi. Agar tizimni o'zgartirib, jiddiy nazoratni yo'lga qo'ya olsak futbolimiz albatta rivojlanadi.


TAS-IX



TAS-IX emas


Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика