So’nggi yangiliklar

22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   1 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 21:03"Атлетик" — "Арсенал". Таркиблар маълум  14 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   9 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  5 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  10 18:28Про лига. Икки киши майдондан четлатилган ўйинда "Локомотив" "Олимпик-MobiUz" билан муроса кўчасини танлади  0 18:15Скоулз МЮнинг ёзги трансфер кампаниясини қоралади  3 17:48Расман: "Андижон" собиқ устози "Бухоро"да иш бошлади  21 17:26Эшитдик-да! "Зўр ТВ" Чемпионлар Лигасини намойиш этади  16 16:22Месси гол урилмаган пенальтилар сони бўйича Роналдуга яқинлашиб олди  4

Azamat Abduraimov: "Moliyaviy tomondan hali ijobiy o'zgarishlar bo'layotgani yo'q" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Moliyaviy tomondan hali ijobiy o'zgarishlar bo'layotgani yo'q"

Kecha "Andijon” jamoasi Toshkentdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunladi.
Yig'inning so'nggi kunida andijonliklar birinchi liga vakili “Obod” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdilar. Ushbu o'yinda "Andijon" raqibini 7:3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Mazkur bellashuvda Alisher Azizov xet-trikka erishgan bo'lsa, Kasyan, Raskov, Rajabov va Usmonov bittadan golga mualliflik qilishdi.

“Andijon” tarkibi:T.G'aniev, T.Sultonov, D.Tursunov, J.Mirabdullaev, A.Kasyan, B.G'oziev, SH.SHaymonov, M.Kamolov, A.Rajabov, V.Raskov, A.Azizov.
Zaxiradan maydonga tushganlar:T.Usmonov, A.Rahmonov, I.Otaxonov, K.Kapadze, A.Jo'raboev.
Gollar:A.Azizov (3ta), V.Raskov, A.Rajabov, A.Kasyan, T.Usmonov.

Yig'inning so'nggi kunlarida tarkibga yana bir qator yangi o'yinchilar qo'shilishdi. Kutilganidek darvozabon Temur G'aniev 4 mart kuni “Lokomotiv”dan “Andijon” safiga qo'shildi va u bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Bundan tashqari hujumchi Anvar Rajabov ham joriy mavsumni “Andijon”da o'tkazadigan bo'ldi. Bu hujumchi kuni kecha tarkibga qo'shildi va kecha “Obod”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushib bitta gol urdi. Alisher Azizov bilan Anvar Rajabov jamoamizda ijara asosida o'ynashadigan bo'ldi. SHuningdek, poytaxtdagi yig'inning so'nggi kunida tarkibga Kamron Kapadze ham qo'shildi.

Jamoa ustozi Azamat Abduraimov yig'in yakunlari haqida quyidagilarni bildirdi. “Toshkentdagi yig'in ko'ngildagidek yakunlandi. Ushbu yig'inda tarkibni ham ancha shakllantirib oldik. Yig'inning so'nggi kunlarida safimizga Temur G'aniev va Anvar Rajabov kabi mahoratli o'yinchilar qo'shilishdi. G'aniev, Rajabov va Azizov bilan shartnoma tuzib ularni zayavkaga kiritdik. Rajabov bilan Azizov “Paxtakor”ga tegishli bo'lishgani uchun ularni ijaraga oldik. Bu bilan darvoza va hujum chiziqlarimizni kuchaytirishga erishdik. Ishonamanki, bu futbolchilar jamoamizga munosib yordam bera olishadi.

Faqat bitta muammo moliyaviy tomondan hali ham ijobiy o'zgarishlar bo'layotgani yo'q. Qolaversa, hamon o'tgan yilgi qarzlar bartaraf etilgani yo'q. Mavsum boshlanishiga qadar bu muammolar bartaraf etilishiga umid qilamiz”.

Endi 8 martdan “Andijon” tayyorgarlikni o'z qarorgohida davom ettiradi. 10 mart kuni esa “Neftchi” jamoasiga qarshi nazorat o'yini o'tkaziladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика