Azamat Abduraimov: "Bizga ochko juda kerak edi"
06 apr 2014 18:37
Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Bizga ochko juda kerak edi"
“Olmaliq” va “Andijon” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida jamoamiz ustozi Azamat Abdurimov ishtirok etib o'yin to'g'risida fikrini bildirdi.
- Avvalo shuni aytishim kerakki, Olmaliqda yangi qurilgan bu stadionda birinchi marta to'p surdik. Dastlabki uchta uchrashuvda sifatsiz maydonlarda o'ynagandik. Bugun ajoyib maydonda to'p surib futbolchilar shunga yarasha harakat qilishdi. O'z navbatida “Olmaliq” jamoasi va muxlislarini mana shunday ko'rkam stadionga ega bo'lishgani bilan tabriklayman.
Yurtimizda shunga o'xshash stadionlar ko'paysa futbolimiz yanada o'sadi. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, bugun ijobiy natija qayd etishimiz biz uchun juda muhim edi. Hech bo'lmaganda durang o'ynashni maqsad qilgandik. SHu bois bugungi natijadan qoniqish hosil qildim. “Olmaliq” kuchli raqib ekanligini yaxshi bilardik va jamoa medallar uchun kurashsa bundan xayron qolmayman. SHuning uchun bunday raqib maydonida durangga erishish yuqori natijadir. Boz ustiga bungacha uchta uchrashuvda birorta ochko olmagandik. Bugun shogirdlarim xarakter ko'rsatib oxirigacha kurashishdi. Buning uchun ulardan minnatdorman. “Olmaliq”ning keyingi o'yinlariga omad tilayman.

Fikrlar