So’nggi yangiliklar

09:47Мбаппе Франция рекордини янгилади  0 09:15Ямал тарихга кирди  4 08:41Дембеле тарихда ушбу натижага эришган 10-футболчи бўлди  8 08:09Месси Дембелени табриклади  5 07:44Хави АПЛ жамоасини бошқариши мумкин  4 02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  4 01:50BALLON D'OR-2025  119 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  5 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  11 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  8 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  21 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  6 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6

Aytsam tilim, aytmasam dilim... Yana terma jamoa haqida Yangiliklar

Aytsam tilim, aytmasam dilim... Yana terma jamoa haqida

Terma jamoaning noyabr oyidagi yig'ini yakuniga etganidan keyin maqola yozgandim.

Unda muxlislar noroziligiga sabab bo'lgan holat — "Bunyodkor"ning bir necha nafar vakili muntazam chaqiruv olayotgani va o'rtoqlik uchrashuvlarida doimiy ravishda o'ynayotgani haqida gap borgan.

Ikki qayiqning boshini tutgan cho'kib ketadi

O'shanda meni "xaypchilik"da ayblashdi. Bir necha soat oldin O'zbekiston milliy terma jamoasining Dubayda o'tkaziladigan (8-18 fevral kunlari) navbatdagi yig'inida ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxati elon qilindi. Va men yana o'sha mavzuni tilga olishga majbur bo'lyapman. Istang "xaypchilik"ka yo'ying, istang...

Xullas, oldin ham aytganimdek, menda Qodirqulov, Qobilov va To'raevga nisbatan hech qanday etiroz yo'q, bo'lmagan ham. Mamlakatimiz bosh jamoasi uchun o'ynayotgan, maydonda kurashayotgan mazkur futbolchilarga rahmat aytamiz. Bu gal "Bunyodkor"ning 22 yoshli forvardi Mirjahon Mirahmadov ham qaydnomadan o'rin olibdi. Unga ham tashakkur. Lekin, shu o'rinda Vadim Karlenovich manziliga bir haqli savol tug'iladi: Mirjahonga terma jamoada nima bor?!

Odatda murabbiylar o'rtoqlik o'yinlaridan 2 xil maqsadda foydalanishadi:

1. Mavjud rezervning salohiyatini ko'rib olish, sinovdan o'tkazish;

2. Agar jamoaning qolipi yaratilgan bo'lsa, o'yin uslubi va chiziqlar o'rtasidagi bog'lamlarni shakllantirish.

Savol: 

1. Abramov 2 yil davomida qo'l ostida o'ynagan "Bunyodkor" hujumchisining nimalarga qodirligini bilmaydimi?

2. 2017 yildan beri Superligada atigi 11 ta gol urgan markaziy hujumchi terma jamoa libosini kiyishga munosibmi?

3. Kimdir aytishi mumkin: o'rtoqlik o'yini-ku, shunchaki sinab ko'ryapti. Lekin, bu o'ringa O'zbekiston chempionatining o'tgan mavsumida 12 ta gol urgan SHohruz Norxonov yoki 17 gol bilan to'purarlar ro'yxatida 2-o'rinni egallagan Bobir Abdixoliqov munosibroq emasmi?

FAKT: "Bunyodkor" tarkibiga mavsumning o'rtasida kelib qo'shilgan Xurshid G'iyosov yil oxiriga qadar 8 ta gol urdi. U yarim himoyachi hisoblanadi. Malumot uchun, G'iyosov terma jamoadan chaqiruv olmadi.

Murabbiylarga har doim hamma joyda etirozlar bo'lgan va bo'laveradi. Buni to'g'ri tushunish kerak. Ular bizdan ko'proq narsani bilishadi. Umid qilamizki, terma jamoamiz ustozi tez orada yuqoridagi savollarga javob berib ketadi.

Darvoqe, Mirjahon Mirahmadov ham oldin gapirganimiz Yuriy Belousning mijozi hisoblanadi. Omon bo'ling!

Faxriddin Ro'ziev, O'zJOKU talabasi

Muallif :
Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика