So’nggi yangiliklar

12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  1 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  2 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  0 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  4 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  8 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   11 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  19 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  5 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  16

Aytmaganmidik? Yangiliklar

Aytmaganmidik?

Oliy liga - 2015 o'yinlari starti oldidan, mavsumda kim nechanchi o'rinlarni qo'lga kiritishi haqida mulohaza yuritgan edik.

Oliy liga o'yinlari yakuniga etdi hamki, Mochinovning "Buxoro"sini inobatga olmaganda  qolgan barcha taxminlarimiz o'zini 100% oqladi. Hattoki, o'sha maqola tagida Qo'qon  va andijonlik ayrim muxlislarni saytga nisbatan juda xunuk fikrlar ham  bildirganlar. Bunga, bizni "Qo'qon-1912", "Andijon", "Dinamo" va "So'g'diyona" jamoalarini, ularning infrastrukturasi va safidagi futbolchilaridan kelib chiqib oliy ligada qolish uchun kurash olib borishlarini bayon qilganimiz sabab bo'lgan edi. Yakunda shunday bo'ldi. Faqat katta byudjet, yaxshi futbolchilarni yig'ishiga qaramay "Buxoro" ularning orasiga tushib qolgani, boshida ko'pchilikni qiziqtirdi, ammo keyin ko'nikdik. Yuqoridagi uchlik  borasidagi taxminimiz ham o'zini oqladi. Qayd etilganidek, "Nasaf" va "Bunyodkor"  uchinchi o'rin uchun kurashdilar. So'nggi turlarga qadar to'rtlikka kirishga yaqin turgan  "Neftchi" kutilmaganda "gaz"ni qo'yib yubordi.

Oliy liganing ketishiga qarab meni faqat ikkita jamoa hayron qoldirdi. Biri,  "Neftchi" qanday qilib og'zidagi oshni oldirib qo'ygani bo'lsa, ikkinchisi "Buxoro".  Ketma-ket mag'lubiyat va duranglar iskanjasidagi klub so'nggi turlarda faqat g'alaba  qozondi.



"Navbahor", "Qizilqum", "Metallurg" hamda "SHo'rtan" jamoalarining saviyasi bir xil.  SHuning uchun ham ular o'zlaridan kutilgan, 8-10 o'rinlar uchun kurash olib bordilar. SHu  to'rt jamoaning so'nggisi bo'lgan bo'lsada, g'uzorliklarning bu yilgi harakati menga  juda ham maqul keldi. 2014 yil "SHo'rtan" safarda "Paxtakor-2" jamoasiga qarshi bahs  olib borib, birinchi bo'limni 2:0 hisobda boy beradi. Bu "SHo'rtan"ning birinchi ligada  o'tkazayotgan mavsumidagi dastlabi mag'lubiyati edi. Tanaffusda shogirdlariga ko'rsatma  berar ekan, Muxtor Qurbonovni tuzukroq narsa aytganini eshitmadim. "Nima  qilyapsizlar, tushinglar, o'ynanglar"... shu kabi oddiy gaplar edi. O'shanda maqola  yozmoqchi ham bo'lgan edim. Bu huddi bitta o'yini chiqmay qolgan yosh bolani tanqid  bilan sindirish bo'lardi. Balki o'sha maqola chiqqanida "SHo'rtan" rahbariyati oliy  liga uchun o'zlariga yangi murabbiy tanlagan bo'lardilar. Lekin unday bo'lmadi,  "SHo'rtan"ni oliy ligaga ham Qurbonov tayyorladi.

Bu yil G'uzorda endi "Paxtakor"-2 emas, asosiy tarkibiga qarshi bahs olib borgan  Qurbonovning jamoasi avval kubokda, keyin oliy ligada "sher"larni qiynadi. Ikki  o'yinni ham maydondan kuzatdim. Murabbiyning "qo'li" bor edi o'yinda. SHunchaki tush,  o'yna qabiladagi ishlar o'tgan yili tarixda qolgan, bu yil haqiqiy murabbiyni ko'rgandek bo'ldim.



Yaqinda bir tanishim, oliy liga jamoalaridan biriga Evropa dasturini taqdim etgan  ekan. U murabbiy uni tushunib ham etmapti. Bazida, o'sha mutaxassisni MTJga qo'yish kerak  degan fikrlarni eshitsam kulib qo'yaman. Aynan o'sha dasturdan joriy mavsum  Qurbonov foydalanganligini aytishdi. Demak, kishi o'z ustida ishlasa natija ham  bo'ladi. "SHo'rtan" joriy yil moliyaviy inqirozni o'z boshidan o'tkazdi. Qolgan  klublarda ham shunday muammo bor-ku, deyishingiz mumkin. Lekin qolgan  shaharlardagi sharoitdan kelib chiqib, G'uzorda bunday jamoani ushlash juda qiyin.  Kuni kecha saytimizda Qurbonovni jamoadan ketishi mumkinligi haqida xabarni  o'qidim, bu G'uzor uchun katta yo'qotish bo'ladi.

6-7 o'rinlar egalari aniqroq edi. Garchand, "Olmaliq" to'rtlik uchun kurashamiz degan  bo'lsada, hali biron marotaba buni amalda isbotlamagan edi. "Olmaliq" doimo  startni yaxshi olib keladi. Lekin... Aynan shu lekin uni to'rtlikdan mosuvo qilib  turibdi. Bu yil jami besh marotaba Olmaliqdagi uchrashuvga tashrif buyurdim. Har  safar stadionga kirib kelar ekanman, chap qo'limdagi zamonaviy suniy maydon, o'ng  qo'limdagi mini futbol zali. Agar O'zbekistonda eng yaxshi zallarning beshligini  tuzaman desangiz, "Olmaliq"niki ham uning ichida bo'ladi. Mana shu maydon va zalni  ko'rib, "Olmaliq" qoshida tuzukroq futbol maktabi ochilmayotganiga achinaman.  Jamoani to'rtlikka kira olmasligiga asosiy to'siq ham aslida shu. Klubda hech yo'g'i 2-3  nafar mahalliy futbolchi bo'lishi kerak. Undan tashqari Igor SHkvirin murabbiylar  shtabidagi yordamchilari borasida jiddiy o'ylab ko'radigan payt keldi!



O'tkan yili 5-o'rinni qo'lga kiritgan "Mashal"ning bu yilgi natijasi futbol  ichidagilarni hayron qoldirmadi. Muborakliklar nafaqat oliy ligada ikkita o'ringa  pastladilar, balki yoshlar ligasida ham. Afsuski, biz "Mashal"ni ortqa qarab  ketayotganini jimgina kuzatyapmiz. Birgina mavsum bilan jamoaga umumiy baho berib  bo'lmaydi, qo'shilaman. Lekin keyingi yil "Neftchi" yana kuchayishi mumkin. Bu yil ular katta imtihondan o'tdilar. Yuqoridagi to'rt jamoani yaqin yillar ichida u erdan tushishlariga ko'pchilik ishonmasa kerak. SHunday ekan, vaziyatga real baho bersak, avvalgi "Mashal"ni yaqin orada ko'rmaymiz. Aslida chempion jamoadan ikki barobar kam ochko yig'ib beshinchi o'rinni olish muammo emas, bizga medallar uchun kurashadigan "Mashal" kerak.

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика