Ayollar o'rtasidagi Osiyo Kubogi. O'zbekiston Xitoyga yirik hisobda taslim bo'ldi
06 mar 15:08
Yangiliklar
Ayollar o'rtasidagi Osiyo Kubogi. O'zbekiston Xitoyga yirik hisobda taslim bo'ldi
Kotrina Kulbite qo'l ostidagi O'zbekiston terma jamoasi musobaqa 2-turida Xitoy bilan ro'baro' keldi.
Unda xitoyliklar 3:0 hisobida zafar quchdi va guruhda ikkinchi o'ringa joylashdi. Shunday qilib, O'zbekiston bu turda ham yirik hisobda yutqazdi va pley-offga chiqish imkoniyatini pasaytirib yubordi. Kulbite shogirdlari ilk turda KXDRga imkoniyatni boy bergandi (0:3).
Terma jamoa 9 mart kuni 3-turda Bangladeshga qarshi bahs yuritadi va yirik hisobdagi g'alaba guruhdan 3-o'rin bilan chiqish uchun etarli bo'lishi mumkin (eng yaxshi ikkita 3-o'rin egasi pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritadi).
O'zbekiston – Xitoy 0:3
Gollar: Shao Zikin 30', Li Kinton 51', 77'



O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar
Бизни қизлар футболи Хитой футболига етишига ҳали анча боракан.