So’nggi yangiliklar

16:12"Ал Насср" — "Ал Аҳли". Саудия Арабистони Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  1 15:32Суперлига. "Андижон" тарихда илк бор ўз майдонида 6 та гол ўтказди, рекорд эса МҲСКга тегишли  1 15:19"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  5 15:17Ўзбекистон кубоги. "Динамо" — "Шўртан" ўйини 27 август куни ўтказилади  0 14:50Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши қандай ўйнашни билмайди. Бугун "Ман Сити" "Тоттенхэм"ни меҳмон қилади   0 14:23Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум  18 14:10Тожикистон "CAFA Nations Cup 2025" учун қайдномасини эълон қилди, унда Суперлигада ўйнайдиган футболчилар ҳам бор  2 13:458 та гол урилган "Андижон" — "Пахтакор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:19Руминия клубидан 94 очко олиб ташланди  7 12:58Қирғиз Республикаси бош мураббийи: "Ўзбекистон қандай даражада эканлигини ҳамма билади"  3 12:37Ўзбекистон ЖЧ-2026даги рақибларини қачон билиб олади? Сунъий интеллект Суперлигада ким чемпион бўлишини айтди – 22 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   1 12:17"Рома" Санчога қарор қабул қилиш учун икки кун вақт берди ва "Болонья"дан Домингес ёки бошқа вариантларга ўтишга тайёр  1 11:50"Бунёдкор" 7 йилдан буён "Қизилқум"ни меҳмонда юта олмаяпти   0 11:28Факт. "Пахтакор" тарихда биринчи марта Андижонда 6 та гол урди   8 10:47Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0

Ayollar o'rtasida OFK U-16 va U-19 OCH saralash o'yinlariga 17 iyun kuni qura tashlanadi Yangiliklar

Ayollar o'rtasida OFK U-16 va U-19 OCH saralash o'yinlariga 17 iyun kuni qura tashlanadi

17 iyun kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida 2015 yili o'tkaziladigan ayollar o'rtasidagi U-16 va U-19 Osiyo chempionati saralash bahslariga qura tashlanadi.
U-16 o'smir qizlar o'rtasidagi OCH saralash bahslarida ishtirok etadigan O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 17 iyun kuni saralash bahslaridagi raqiblari nomini bilib oladi. Markaziy-Janubiy va G'arbiy Osiyo mintaqasidan o'rin olgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 6-12 oktyabr kunlari saralash bahslarida ishtirok etadi. Saralash o'yinlari bo'lib o'tadigan mamlakat nomi keyinroq OFK tomonidan elon qiladi.

Saralash bahslari formatiga ko'ra, Markaziy-Janubiy va G'arbiy Osiyo mintaqasiga kiruvchi 12ta terma jamoa 6tadan ikki guruhga bo'lingan holda saralash bahslarida ishtirok etishadi. Guruh g'oliblari to'g'ridan-to'g'ri OCH final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadilar. 2013 yili o'tkazilgan U-16 Osiyo CHempionatida dastlabki to'rt o'rinni egallagan terma jamoa (Yaponiya, KXDR, Xitoy, Tailand), 2015 yilgi Osiyo CHempionati final bosqichiga saralash o'yinlarisiz yo'llanmani qo'lga kiritgan.

Ayollar o'rtasida U-19 OCH saralash bahslarida ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasi 3-9 noyabr kunlari bo'lib o'tadigan saralash bahslarida ishtirok etadi. Mazkur saralash bahslaridagi raqiblar nomi ham 17 iyun kuni aniqlanadi. Saralash o'yinlari bo'lib o'tadigan mamlakat nomi keyinroq OFK tomonidan elon qiladi.

Saralash bahslari formatiga ko'ra, Markaziy-Janubiy va G'arbiy hamda SHarqiy mintaqaga kiruvchi jami 14 jamoa jami to'rt guruhga bo'lingan holda 1-saralash bosqichida ishtirok etadilar. Guruh g'oliblari OCH final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadilar. 2013 yili o'tkazilgan U-19 Osiyo CHempionatida dastlabki to'rt o'rinni egallagan terma jamoa (Janubiy Koreya, KXDR, Xitoy, Yaponiya), 2015 yilgi Osiyo CHempionati final bosqichiga saralash o'yinlarisiz yo'llanmani qo'lga kiritgan.

Malumot o'rnida, har ikkala yosh toifasidagi OCH-2015 final bosqichi o'yinlari mezbonlari OFK tomonidan keyinroq tasdiqlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика