So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Ayollar futzali. Bugun O'zbekiston kubogi start oladi Yangiliklar

Ayollar futzali. Bugun O'zbekiston kubogi start oladi

Bugun, 2 martdan boshlab Ayollar o'rtasida Jizzax shahrida Futzal bo'yicha O'zbekiston kubogi musobaqasi boshlanadi.

XIV bor o'tkazilayotgan ushbu musobaqada tarixda ilk bor 16 ta jamoa ishtirok etadi. Jamoalar orasidan 12 tasi Superliga jamoalari bo'lsa, qolgan 4 tasi quyi liga vakillari. Bo'lajak turnirga kecha Jizzax shahrining “Karavan” mehmonxonasida qura tashlash marosimi bo'ib o'tdi. Qura tashlash marosimidan so'ng PFL futzal, ayollar va sohil futboli bo'limi bosh mutaxasisi Oybek Yunusovdan musobaqa tarixi, formati haqida so'radik.

MUSOBAQA TARIXI

Ushbu musobaqa 2006yildan buyon o'tkazib kelinmoqda. Bo'lajak turnir XIV marotaba tashkil etilmoqda. Avvalgi mavsumlarda bazan turnir o'tkazilmagan vaqtlar ham bo'lgan. Ilk bora 16 ta jamoa ishtirok etmoqda. Tarixda xatto 3 ta jamoa ishtirok etgan musobaqalar ham bo'lgan ekan. Bu turnirda 12 marotaba “Sevinch” jamoasi va bir marta “Zarafshon” jamoalari g'oliblikni qo'lga kiritishgan.


MUSOBAQA TAQVIMI

Musobaqada 16 ta jamoa qura orqali bo'lindi. Yani ushbu turnir nimchorak, chorak, yarim final va final tarzida bo'lib o'tadi. Nimchokar final bahslari 2-3-mart kunlari bo'lib o'tadi. Bahslar Toshkent vaqti bilan 09:30, 11:30, 15:00, 17:00 da bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Nimchorak finalda g'oliblikni qo'lga kiritganlar 4 mart sanasida chorak final bahslarida maydonga tushishadi. Yarim final o'yinlari 5 mart kuni soat 10:00 va 12:00 da bo'lib o'tsa, so'nggi, hal qiluvchi final o'yini 6 mart, soat 10:00 da o'tkaziladi.

Quyida nimchorak final bahslari va boshlanish vaqtlari ko'rsatilgan:

02.03.2020

09:30 “Bunyodkor-W” – “Sevinch”
11:30 “Metallurg- W” – “Qo'qon-1912-W”
15:00 “Paxtakor- W” – “Qizilqum-guli”
17:00 “Baxmal” (Jizzax) – “Mashal-W”

03.03.2020
09:30 “Buxoro-W” – “AGMK-W”
11:30 “Surxon-W” – “Andijanka”
15:00 “So'g'diyona-W” – “Navbahor-W”
17:00 “Lokomotiv-W” – “AGMK 2-W”

Ayrim sabablarga ko'ra “Sevinch-2” jamoasi musobaqada qatnasha olmaydi va uning o'rniga Jizzaxning “Baxmal” jamoasi ishtirok etmoqda.


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика