Ayollar futbolida muxlislarning stadionga tashrifi bo'yicha jahon rekordi yangilandi
23 apr 2022 09:20
Yangiliklar
Ayollar futbolida muxlislarning stadionga tashrifi bo'yicha jahon rekordi yangilandi
Ayollar o'rtasidagi chempionlar ligasi yarim finalida “Barselona” o'z maydonida “Volfsburg”ni 5:1 hisobida taslim etdi.
Mazkur bahsni kuzatish uchun “Kamp Nou”ga 91,648 tomoshabin tashrif buyurdi va bu ayollar futbolidagi rekord hisoblanadi. Avvalgi eng yaxshi natija ham aynan kataloniyaliklarga tegishli. 30 mart kuni CHL doirasida o'tgan “Real”ga qarshi (5:2) bahsda o'yingohga 91,553 muxlis kelgandi.
Bungacha esa jahon rekordi JCH-1999 finalida AQSH hamda Xitoy o'rtasidagi uchrashuvda qayd etilgandi – 90,185 tomoshabin!

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar