So’nggi yangiliklar

01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 23:45Италия - Исроил  4 23:45Бельгия - Франция  0 23:45Германия - Нидерландия  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  12 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  6 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   11

Ayollar futbolida ham hakamlar muammosi yoxud “Paxtakor” – “Navbahor” o'yini qanday tugagani haqida Yangiliklar

Ayollar futbolida ham hakamlar muammosi yoxud “Paxtakor” – “Navbahor” o'yini qanday tugagani haqida

Oxirgi paytlarda o'zbek futbolida hakamlar bilan bog'liq etirozlar rosa avj oldi.

Ayniqsa Superliga uchrashuvlaridan so'ng matbuot anjumanlarida bosh murabbiylar referilar manzili tomon salbiy fikrlarni bildirib o'tayotgani hech kimga sir emas. Ayollar futbolida ham yaqinda bu bo'yicha etiborga molik voqea yuz berdi.

Gap, “Paxtakor-W” – “Navbahor-W” uchrashuvi haqida ketmoqda. Kecha Toshkent shahrida o'tkazilgan mazkur uchrashuv katta mojaro bilan yakun topgan. O'yinni boshqarib borgan jizzaxlik SHoxruh Qayumovning chiqargan qarorlari mehmonlarni sira qoniqtirmagan. 

O'zPFL rasmiy sahifasida ayollar oliy ligasining 20-tur yakunlari bo'yicha natijalar elon qilinar ekan, “Navbahor-W” qizlarining o'yin yakuniga etmasdan turib maydonni barvaqt tark etgani sababli, “Paxtakor”ga texnik g'alaba yozilgani ko'rsatilgan. 

Aslida o'yinda hisob 1:1 bo'lib turgan edi. Ammo O'zPFL sahifasida yozilishicha, negadir namanganliklar hakamning o'yin yakunlanganligi haqidagi xushtagi chalinmasidan turib, mehmonlar maydondan chiqib ketgan. Ushbu vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida “Navbahor-W” ayollar jamoasi bosh murabbiyi Karima Yuldashevaga murojaat qilganimizda, quyidagilarni bayon qildi.

- “Paxtakor-W”ga qarshi o'yinimizni boshqarib borgan SHoxruh Qayumovning qarorlari nafaqat bizni, balki stadionga kelgan barchani qattiq ajablantirdi. Negaki, bosh hakamning o'ylab topgan qarorlari futbol qonun qoidalariga zid edi. 


Men sizga vaziyat bo'yicha shuni aytamanki, o'yinda hisob 1:1 ko'rinish olayotgandi. Bosh hakam ikkinchi bo'limga dastlab 4 daqiqa vaqt qo'shib berdi. SHundan keyin yana 5 daqiqa o'ynashga majbur bo'ldik. Bosh hakamning mezbon jamoa foydasiga chiqargan qarorlari tabiiyki bizda shubha uyg'otdi. Xatto qanot yordamchi hakamlari ham etirozlarimiz o'rinli ekanini aytib, ushbu hakam bilan birga ishlash juda og'ir ekanligini aytib o'tdi.


 O'zPFL saytida “Navbahor-W” futbolchilari maydonni erta tark etgani uchun texnik mag'lubiyat yozildi deyilgan. Lekin ishontirib aytamanki, bizning qizlarimiz maydondan chiqib ketmagan. O'yindan so'ng tasvirni ko'rar ekanmiz, 90 daqiqadan keyingi xolatlar yo'qligi malum bo'ldi. Balki “Paxtakor-W” jamoasi operatoriga kimdir qolgan daqiqalardagi vaziyatlarni butunlay o'chirib yuborish bo'yicha topshiriq bergandir. Bunisi bizga qorong'u. 


Uchrashuvdan keyin bosh hakam SHoxruh Qayumov ustidan O'FAga bildirgi yozdim.Bilasizmi ushbu hakam ayollar futbolida ko'p o'yinlarda atayin bir tomonga qarorlar chiqarib, futbolimiz saviyasiga putur etkazmoqda. Bu birinchisi emas. Oldin ham bu kabi xolatlarga duch kelganmiz. Faqat bu safargisi hammasidan ortib tushdi. Tan olaman, futbolchilarimiz hakamning qaroridan asabiylashib, u bilan tortishib ketdi. CHunki butun o'yin davomida qilingan mexnatni bitta hushtagi bilan yo'q qilishga urindi.


 Bahs yakuniga etgach, bosh hakam o'yin qaydnomasiga “Navbahor-W” jamoasining muddatidan avval maydondan chiqib ketdi deb yozib bergan. O'yindan so'ng SHoxruh Qayumov hatto ayrim futbolchilarimiz bilan og'zaki yuzma-yuz muhokamaga ham kirishib ketdi. Qizlarimiz O'FA prezidentiga ushbu hakam ustidan yozib, murojaat yo'llaymiz deb turib oldi. Men esa ularni tinchlantirishga xarakat qildim va o'zim bosh murabbiy sifatida bosh hakam bo'yicha tegishli joyga “raport” yozib berishimni bildirdim. Qizlarimiz safardan juda tushkun kayfiyatda ortga qaytib keldi.

Malumot uchun “Paxtakor” ayollar jamoasi ushbu texnik g'alabadan keyin ayollar oliy ligasi “V” guruhida peshqadamga aylandi.

Reyting: -31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика