So’nggi yangiliklar

20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  0 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  1 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  10 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 19:00Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  88 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  24 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1

Ayollar futboli. O'zbekiston U-16 Xalqaro musobaqada ikkinchi o'rinni egalladi Yangiliklar

Ayollar futboli. O'zbekiston U-16 Xalqaro musobaqada ikkinchi o'rinni egalladi

Teglar :  Ayollar futboli
Qirg'izistonning Bishkek shahrida tashkil etilgan Xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi bugun musobaqa doirasidagi so'nggi o'yinni o'tkazdi.

Vakillarimiz turnir mezboni Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 2:2 hisobida durang qayd etishdi.

Bungacha vakillarimiz Qozog'iston U-17 bilan 1:1 hisobida durang qayd etishgan bo'lsa, keyingi turda Tojikistonni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishgandi.
 
SHu tariqa uchta o'yinda ikkita durang va bitta g'alaba qozongan Ilhom Xanjariev shogirdlari xalqaro musobaqada 2-o'rinni qo'lga kiritishdi. Qozog'iston U-17 terma jamoasi esa musobaqa g'olibiga aylandi.

Terma jamoamiz darvozaboni Angelina Polyushkevich musobaqaning eng yaxshi darvozaboni sifatida tan olinganini ham takidlab o'tish kerak.
 

 
Xalqaro musobaqa
Qirg'iziston U-16 - O'zbekiston U-16  2:2
Gollar
: Kamola Erkinova (9), Oysara Suyunova (10) - Tolgonay Almazbekova (28,52)
Qirg'iziston U-16: O.Sodiqova, B.Bayzuldaeva, A.Akilbekova, Ayday Nurlan qizi, Esfira Salieva, T.Almazbekova, S.Qurbonbek qizi, A.Kanat, Z.Axmatqulova, J.Qodirbek qizi, A.Zorodina.
O'zbekiston U-16: Angelina Polyushkevich, Kamola Erkinova, Nodira Iskandarova, Diyora Jo'raboeva, Umida Xatamova, Marina Korsnikova, Zarina Mamatkarimova, O'g'iloy Saydullaeva, Parvina Sodiqova, Oysara Suyunova, Zarina Jumaeva.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика