Ayollar futboli. “Neftchi” o'rtoqlik bahsida “Qo'qon-1912″ga mag'lub bo'ldi (FOTO+VIDEO)
10 fev 2018 18:27
Yangiliklar
Ayollar futboli. “Neftchi” o'rtoqlik bahsida “Qo'qon-1912″ga mag'lub bo'ldi (FOTO+VIDEO)
Bahodir Qosimov bosh murabbiyligidagi “Neftchi” ayollar jamoasi yangi mavsumga tayyorlanmoqda.
Jamoa murabbiylar shtabi chempionat oldidan yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishmoqda. Yaxshi bilasiz, “Neftchi” ayollar jamoasi Oliy liga bahslarida muntazam ishtirok etib kelishadi. Joriy mavsum avvalida tarkibda jiddiy o'zgarishlar ro'y bermoqda. Bosh murabbiy Bahodir Qosimov jamoa tarkibini tubdan isloh qilmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi
10 fevral kuni “Neftchi” PFKga qarashli futbol akademiyasi maydonida “Neftchi” hamda “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi nazorat o'yini bo'lib o'tdi. Bahsda qo'qonlik qizlar mezbonlar darvozasiga javobsiz besh marta yo'l topishdi. Quyida “Neftchi” matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan foto hamda videosharhni tomosha qiling.
O’xshash yangiliklar
01:29
BAA chempionati. "Al Bataeh" mehmonda yirik hisobda mag'lub bo'ldi, G'aniev 62 daqiqa o'ynadi 1
21:06
Falkao, Saviola, Ermatov, Kapadze, Ahmedov, Umarov... Yulduzlar ishtirokidagi bahsdan GALEREYA 8
Fikrlar