So’nggi yangiliklar

14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  0 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  3 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   16 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  18 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  1 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  7 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3

Ayollar futboli. "Metallurg W" - O'zbekiston kubogi sohibi! Yangiliklar

Ayollar futboli. "Metallurg W" - O'zbekiston kubogi sohibi!

Bugun Olmaliq shahrida ayollar futboli bo'yicha O'zbekiston kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Hozirgina O'zbekiston Kubogi finali uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi. Unda jamoamiz “Metallurg W” jamoasiga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.Uchrashuvdagi hisob dastlab jamoamiz yarim himoyachisi Mariya Moiseeva tmonidan 14-daqiqada ochildi. Ushbu golga raqibimiz tomonidan 28-daqiqada javob qaytarildi. Golga Mavluda Munavvarova mualliflik qildi. Uchrashuv birinchi bo'limidan so'ng jamoalar ana shu  hisobda tanaffusga chiqib ketishdi.

Uchrashuv ikkinchi bo'limida jamoamiz jarima maydonida raqib o'yinchisining tepgan to'pi Mahliyo Yusupovaning qo'liga tegdi va uchrashuv hakami 11 metrlik jarima tepishni ko'rsatdi. Dastlab L.Karachik tepgan zarbani Laylo Tilavova ushlab oldi, ammo bosh hakam yana qaytadan 11 metrlik jarimani tepishni o'rsatdi, ikkinchi marta jarimani endi Narshiza Abdirasulova tepdi va to'p darvoza to'ridan joy oldi – 1:2. Uchrashuv asosiy vaqti yakunlanib borayotgan bir paytda Saida Xandamova hisobni tenglashtirdi – 2:2.

Uchrashuv asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlangandan so'ng qo'shimcha taymlrga navbat keldi. Birinchi 15-daqiqalik bo'limda “Metallurg W” jamoasi 2 marta darzamizga gol kiritishga erishdi. Oxirgi qo'shimcha taymda jamoamiz oradagi hisobni bitta golga qisqartirishga erishdi, ammo jamoamiz finalda boshqa gol kirita olmadi.

SHunday qilib, bu yil ham  O'zbekiston Kubogi “Metallurg W” jamoasiga nasib etdi.


XIV O'ZBEKISTON KUBOGI. FINAL

“SEVINCH” (QARSHI) – “METALLURG W” (BEKOBOD) 3:4 (1:1)
Olmaliq sh., OKMK stadioni. 15.11.2015 y. 14:00da
Bosh hakam: Jaloliddin Husnitdinov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Bahodir Bahromov (Toshkent), SHohruh Azamov (Farg'ona)
Zaxira hakami: Husnitdin Bahodirov (Toshkent)
Nazoratchi: Timur Abdullaev (Toshkent).

Gollar: Mariya Moiseva, 14, Saida Xandamova 90+4 – Mavluda Munavvarova, 28,102,  Nargiza Abdirasulova 70 penalti, Lyudmila Karachik, 105.

“Sevinch”: 12.Laylo Tilavova, 5.Mahliyo Yusupova, 25. Zumrat Nazarova, 18. Kamola Risqieva, 11.SHaxzoda Jamolova, 4. Saida Xandamova, 7. Feruza Turdiboeva, 17. Tanzila Zarbieva, 19. Mariya Moiseeva, 23.Nilufar Qudratova, 10. Zebo Jo'raeva (s).
Zaxira: 12.Olga Axmedova, 16.Matluba Abdirasulova, 3.Oliya Axmedova, 15.Fayoza Samandarova.

“Metallurg W”: 16. Gulandon Boymatova, 9.SHodiya Tosheva, 13.Albina Belalova (s), 21. Xolida Dadaboeva, 18.Yulduz Nabieva, 6.Iroda Turdalieva, 77. Nozima Kamoltoeva (4.Nasiba Xojieva 117), 8. Nargiza Abdurasulova (99. Lutfiniso Xamidova 119), 22. Mavluda Munavvarova, 11.Dildora Nozimova (7. Mahfuza Turapova 76), 17. Lyudmila Karachik.
Zaxira: 30.Alina Demyanenko, 15.Mahliyo Abdurashidova, 19. Nozima Ergasheva, 20. Kamola Berdieva.

Ogohlantirishlar: Mahliyo Yusupova 58, Zebo Jo'raeva, 68 – Nozima Kamoltoeva 27, Albina Belalova (s) 45+1, SHodiya Tosheva 90+2, Gulandon Boymatova 108.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика