So’nggi yangiliklar

15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  0 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  1 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  3 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  10 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  4 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  2 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  10 10:40Саудия жамоалари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  6

Ayollar futboli: “Metallurg” - O'zbekiston Superkubogi sohibi Yangiliklar

Ayollar futboli: “Metallurg” - O'zbekiston Superkubogi sohibi

Mamlakat chempioni hamda Kubok sohibi o'rtasida kechishi ko'zda tutilgan Superkubok o'yini bo'lib o'tdi.

Poytaxtdagi Jar stadionining zaxira maydonida amaldagi mamlakat chempioni “Metallurg” hamda 2017 yilgi Kubok finalchisi (sababi Kubokni ham “Metallurg” qo'lga kiritgan) “Bunyodkor” jamoalari o'zaro kuch sinashishdi.

Har ikkala jamoa ham g'alabaga bo'lgan shijoatini, ishtiyoqini namoyon etishdi. Birinchi bo'limning dastlabki daqiqalarida “Bunyodkor” qizlarining tashabbuskorligi sezilib turdi. Ketma-ket uyushtirilgan hujumlar esa samarasiz yakunlanaverdi. “Metallurg” ham qarshi hujumlarda faollik ko'rsatishdi. Bu ko'p o'tmay samarasini berdi. Qizig'i, “Bunyodkor” jamoasi darvozasiga kiritilgan dastlabki golda poytaxtliklarning o'zlari raqiblariga “yordamlashishdi” – Luiza Sadirova burchakdan oshirilgan to'pni maydon tashqarisiga chiqarish o'rniga o'z darvozasi to'riga yo'llab qo'ya qoldi. O'n daqiqa o'tar-o'tmay Luizaning xatosini jamoadoshi Lyudmila Karachik tuzatdi – darvozabon bilan birga-bir chiqqan holda darvozani ishg'ol etishning uddasidan chiqdi – 1:1.

Tomoshabinlar ikkinchi bo'limda ham qiziqarli o'yin guvohi bo'lishdi. Har ikkala tomondan bir necha bor hujumlar uyushtiroldi, xavfli vaziyatlar yaratildi. Biroq darvoza bir bor ishg'ol etildi. O'yinning 70-daqiqasida Nozimaxon Ergasheva “Bunyodkor” darvozasiga gol kiritib, muhim g'alabani taminladi.

SHu tariqa “Metallurg” ikkinchi bor Superkubokni qo'lga kiritib, bu borada etakchi hisoblangan “Sevinch” bilan ko'rsatkichlarini tenglashtirib oldi.


O'zbekiston Superkubogi.
“Bunyodkor” - “Metallurg” –– 1:2 (1:1).
28 mart. Toshkent shahri. Jar stadioni. 85 tomoshabin.
Hakamlar
: Edita Mirobidova (Toshkent), Zilola Raxmatova (Qarshi), Kristina Sereda (Toshkent), Anna Sidorova (Toshkent).
“Bunyodkor”: Olga Qahhorova, Dilnoza Bektemirova, Saida Galimova, Marina Kosnikova, Umida Zoirova, Mariya Moiseeva (Ekaterina Salnokova, 65), Solixa Husniddinova, Rushaniya Safina, Luiza Sadirova, Tojiniso Rashidova (Ozoda Xojieva, 77), Lyudmila Karachik.
“Metallurg”: Gulandon Boymatova, Zumradxon Nazarova, Xolida Dadaboeva, Nozima Kamoltoeva, Iroda Turdalieva, Feruza Turdalieva, Maxliyo Sariqova, Diyora Erkinova (Jesika Kruchinina, 64), Mavluda Minavvarova, Dildora Nozimova, Nozimaxon Ergasheva.
Gollar: L.Karachik (41) – L.Sadirova (33-o'z darv.), N.Ergasheva (70).
Ogohlantirish: D.Bektemirova (58) – Z.Nazarova (6), M.Minavvarova (27).  
Nazoratchi – Ro'zim Davlatmurodov (Toshkent).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика