So’nggi yangiliklar

16:50Расман: Эрон терма жамоаси ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтди  1 16:27"Манчестер Юнайтед" Муҳаммадали Ўринбоевнинг жамоадоши билан келишиб олди — Here We Go!  2 16:10"Астон Вилла" МЮ футболчисини ижарага олмоқда  0 15:54Бруну Фернандеш 2020 йилдан бери АПЛда барча ярим ҳимоячилардан кўпроқ гол урди  1 15:29Манба: Паулу Бенту ЎФА таклифини рад этиши мумкин  34 15:01Расман: "Байер" Бундеслига 2 туридан кейин Тен Хагни ишдан бўшатди  8 14:44Алексис Санчес Ла Лигага қайтмоқда  0 14:18"Бетис" Антонининг трансферини ҳал қилди — Here We Go!  1 13:54"Арсенал" 14 йилдан бери "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этолмаяпти  0 13:2239 ёшли Жеймс Милнер АПЛ тарихига кирди  2 12:54Доннарумма "Манчестер Сити"да — Here We Go!  1 12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  1 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  3 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0

Axrol Inoyatovning 70 yoshlik yubileyi munosabati bilan tadbir o'tkazildi Yangiliklar

Axrol Inoyatovning 70 yoshlik yubileyi munosabati bilan tadbir o'tkazildi

Bugun O'zbekiston Futbol Federaciyasi majlislar zalida o'zbek futboli faxriysi, O'zbekistondagi futbol musobaqalarida kelishilgan o'yinlarni aniqlash bo'yicha Ekspertlar Qo'mitasi raisi - Axrol Inoyatovning 70 yoshga to'lgani munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.

Axrol Inoyatovni 70 yoshlik yubileyi bilan tabriklash maqsadida ushbu tadbirga O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti Mirabror Usmonov, O'FF birinchi vice-prezidenti Sardor Raxmatullaev, O'zPFL bosh direktori Farhod Magometov, O'FF qoshidagi futbol faxriylari kengashi raisi Narimon Jalolov, O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov, milliy terma jamoa futbolchilari, Oliy Liga klublari bosh murabbiylari va o'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan boshqa ko'plab insonlar qatnashdi.

O'FF prezidenti Mirabror Usmonov Axrol Inoyatovni tavallud ayyomi bilan muborakbod etib, unga uzoq umr, salomatlik tiladi va esdalik sovg'alarini topshirdi. SHundan so'ng tabriklash uchun “Paxtakor” bosh murabbiyi Samvel Babayan, “Neftchi” klubi sobiq bosh murabbiyi, hozirda “Bunyodkor”da faoliyat olib borayotgan Yuriy Sarkisyan, “Neftchi” vakillari - Toxir Kopadze, Murod Ismoilov, “Bunyodkor” bosh murabbiyi Sergey Luchshan, “Olmaliq” bosh murabbiyi Igor SHkvirin, shuningdek, “Lokomotiv”, “Nasaf” va boshqa klublar vakillari ham so'zga chiqib, o'z esdalik sovg'alarini topshirishdi.

Tadbirda ishtirok etgan milliy terma jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabiga esa Jahon chempionati saralash o'yinlarida muvafaqiyatli ishtirok etib, o'zbek xalqini xursand qilishlarida omadlar tilandi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика