Avstriya va Shveycariya chempioni "Bayer" bosh murabbiyligiga davogar
13 may 12:21
Yangiliklar


Avstriya va Shveycariya chempioni "Bayer" bosh murabbiyligiga davogar
"Monako" bosh murabbiyi Adi Xyutter "Bayer"da "Real"ga yo'l olayotgan Xabi Alonsoni almashtirishi mumkin.
Nemis jamoasi rahbariyati Xyutterni Alonsoning ehtimoliy vorisi sifatida ko'rmoqda va ushbu mavsum "Bayer" ko'rsatgan yuqori darajadagi o'yinini saqlab qola olishiga ishonmoqda.
Adi Xyutter 2023 yilda "Monako" boshqaruviga kelgan. Bu vaqt ichida jamoa ikki marta Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga chiqdi. Avstriyalik murabbiyning Knyazlik klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.
"Bayer" ayni damda 70 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida ikkinchi pog'onada bormoqda.
Malumot uchun, Adi Xyutter murabbiylik faoliyatida 2014/15 yilgi mavsum "Zalcburg"da, 2017/18 yilgi mavsum "Yang Boyz"da chempionlikni qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar