Avstriya terma jamoasiga ham yangi bosh murabbiy tayinlandi
31 okt 2017 02:53
Yangiliklar
Avstriya terma jamoasiga ham yangi bosh murabbiy tayinlandi
JCH-2018 saralash bosqichida omadsizlikka uchragan mamlakat futbol federaciyalari o'z terma jamoalariga yangi murabbiylarni tayinlashda davom etishyapti.
Avstriya futbol ittifoqi mamlakat terma jamoasi uchun yangi mutaxassis topdi. Unga ko'ra, Gracning "SHturm" klubi ustozi Franko Foda Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
51 yoshli germaniyalik mutaxassis bilan 2019 yilning 31 dekabr kuniga qadar shartnoma imzolandi. Foda yangi lavozimida 2018 yilning 1 yanvaridan ish boshlaydi. Franko bu postda Marsel Kollerning o'rnini egalladi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar