So’nggi yangiliklar

03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  2 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  4 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  33 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  5 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  5 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2

Avstraliya "to'sig'i"dan o'tishga kim sababchi bo'ladi? Yangiliklar

Avstraliya "to'sig'i"dan o'tishga kim sababchi bo'ladi?

Ertaga O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi nimchorak finali doirasida Avstraliya bilan o'ynaydi.

G'olib chorak finalga, mag'lub uyiga qaytadi. Qarshimizdagi raqib amaldagi Osiyo Kubogi sohibi ekanini barcha tushunib turibdi. Tarkibida Angliya, Gollandiya, Germaniya kabi mamlakatlar klubida o'ynayotgan futbolchilar bor bo'lgan "sokkeruzlar"ni mag'lub etish qiyin, lekin buni uddalasa bo'ladi. Xo'sh, mana shunday kuchli raqibni mag'lub etishga kim yordam beradi?


Eldor SHomurodov
BAAdagi Osiyo Kubogida o'zini yorqin tomonlama namoyish etayotgan "Rostov" hujumchisi guruhdagi uchala bahsda gol urishga erishdi. Ayni paytda butun boshli Osiyo Kubogida faqat qatarlik Almoez Ali SHomurodovdan ko'proq gol urgan. Demak Eldordan Avstraliyaga qarshi o'yinda ham gol kutsak bo'ladi. Hujumchimizda baland va jismonan baquvvat bo'lgan avstraliyalik himoyachilardan chaqqonlik evaziga qochib ketish imkoniyati albatta bo'ladi.





O'tkir Yusupov
Zaxirada o'tirgan darvozabonimiz qanday qilib bizni chorak finalga olib chiqishi mumkin? Bu pley-off uchrashuvi va unda g'olib aniqlanishi shart. Agar asosiy va qo'shimcha daqiqalarda durang qayd etilsa chorak finalga kim chiqishini penaltilar seriyasi hal qiladi. Ignatiy Nesterov terma jamoamizning birinchi raqamli posboni, bunga shubha yo'q. Guruh bosqichida Nesterov O'zbekiston terma jamoasini bir necha bor muqarrar gollardan qutqarib qolganini barcha ko'rdi. Ammo "Qo'qon-1912" darvozaboni penaltilarni qaytarishda omadliroq hisoblanadi. 2018 yilgi Superligada Yusupov darvozasiga 4ta penalti belgilandi va shundan 3tasini posbon qaytarishga erishdi.





Odil Ahmedov
Jamoamiz sardori Ummon bilan uchrashuvda g'alabamiz sababchilaridan biri bo'ldi. Biz uchun qiyin o'tayotgan bahsda bitta aniq zarba bilan vaziyatni o'zgartirib yubora oldi. Ahmedov bir necha bor terma jamoamiz joniga oro kirgan, buni muxlislar yaxshi bilishadi. Yaponiya bilan bahsda Kuper Ahmedovga xordiq chiqarish imkonini yaratib berdi. Avstraliya bilan o'yinda Ahmedov ikki karra ishtiyoq bilan maydonga tushadi. Sababi u 2011 yil Qatardagi Osiyo Kubogida Avstraliyaga qarshi o'ynagan va 0:6 hisobida mag'lub bo'lgan edi.





Ektor Kuper
Ayni paytda jamoamiz ustozining tajribasiga hech kim shubha qilmasa kerak. Yaponiyaga qarshi bahsdan oldin raqib tanlamasligini, Osiyo Kubogini yutish uchun har qanday raqibni mag'lub etish kerakligini aytdi. Yaponiya bilan bahsda xatto bir qancha etakchilarga dam berdi. Deyarli yarim yildan buyon O'zbekistonni boshqarayotgan Kuper uchun eng muhim bahs ertaga bo'ladi. To'g'ri bu murabbiy faoliyati davomida 8 marta finalda mag'lub bo'lgan. Biroq ertaga final emas nimchorak final ekanini unutmang.



Balki umuman boshqa futbolchi tufayli chorak finalga chiqarmiz. SHaxsan menga farqi yo'q, ertaga Avstraliyani mag'lub etsak bo'lgani.

Reyting: +85   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика