So’nggi yangiliklar

14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  0 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  0 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  2 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  3 11:32Авазбек Ўлмасалиев: "Миллий терма жамоага илк маротаба чақирилганимдан хурсандман"  1 11:16"Тоттенхэм" Мэддисон ўрнига бошқа футболчи топди  1 10:51Бруно Фернандеш "Ал-Иттиҳод" билан яширин учрашув ўтказди. Футболчи йиллик истагини маълум қилган  8 10:20"Барселона" ёзда сотиб олган футболчини Туркия клубига ижарага бермоқчи  1 09:48Флик "Барселона"нинг "Леванте"га қарши ўйинига муносабат билдирди  11 09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  2 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  1

Avstraliya - Ispaniya 0:3. MATNLI TRANSLYACIYA Yangiliklar

Avstraliya - Ispaniya 0:3. MATNLI TRANSLYACIYA

JCH-2014 doirasidagi Avstraliya va Ispaniya o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
 Avstraliya - Ispaniya 0:3
23 iyun. 21:00
Bosh hakam: Navaf SHukralla (Bahrayn)
Yordamchi hakamlar: Yosir Tulefat (Bahrayn), Ibrohim Solih (Bahrayn)
Zaxira hakami: Norbert Xauata (Taiti)
Gollar: Vilya 36, Torres 69, Mata 82

Avstraliya: Rayan, Makgovan, Uilkinson, Spiranovich, Devidson, Yedinak, Makkay, Leki, Bozanich, Oar (14.Troisi, 61), Taggart (Xalloran, 46)

Ispaniya: Reyna, Xuanfran, Albiol, Ramos, Alba, Koke, Alonso (21.Silva, 83), Kasorla (10.Fabregas, 68), Vilya (Mata, 56), Torres, Inesta

Ogohlantirishlar: Spiranovich 88 - Ramos 62




Vilyaning tovon bilan kiritgan goli

                               MATNLI TRANSLYACIYA
                                        
YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!

90+3.
Ramosning jarimadan bergan zarbasi biroz noaniq chiqdi.

90+1.
Fabregasdan ajoyib pas, Mataning zarbasi yo'liga Davidson qalqon bo'ldi.

89.
Silvaning zarbasi darvoza ustunini silab o'tib ketdi.

87.
Qitadoshlarimiz hech bo'lmasa bitta to'p kiritish uchun elib-yugurishmoqda. Bari samarasiz.

85. Torres qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Rayan chaqqonroq harakat qildi.

Zahiradan tushgan ikki azamat gol yaratishdi. Fabregas pas berdi, Mata gol urdi.

82. Gooooooooooooooollllll, Mata!!!!

Malumot uchun narigi o'yinda gollandlar hisobni ochishdi, gol muallifi Leroy Fer.


76. Sariq libosdagilar tezkor qarshi hujumga o'tgandi, Troisi esa buni yo'qqa chiqardi.

74. Xelloran Ramosni aldab o'taman deb o'ylagan edi. Turgan joyida to'pni olib qo'ydi Serxio.

72. Jeyms Troisining zarbasi tepadan ketdi. Bos, bos qamchi bos. Ot choptir yigitga hos... Xullas, erga bos.

Inestadan yana bir zargarona pas, Torres esa bu safar mo'ljalda adashmadi.

69. Goooooooooooooooolllll, Torres.

68. Kasorla o'rniga Fabregas tushdi.

65. Avstraliya gol urish uchun juda va juda harakat qilmoqda, ammo nimadir etishmayapti... Men etishmayapman, men... derdi Soyib Xo'jaev.

61. Avstraliyalik Our jarohat olib maydonni tark etdi, uning o'rniga Troisi tushdi.

59.
Mett Makey o'tgan o'yinda Tim Keyxil bergan zarbaga o'xshash zarbani ijro etdi. Samarasiz.

57.
Vilya yig'lamoqda... kap katta erkaklarni yig'latadigan sport turi bu futbol! Terma jamoadagi faoliyatini tugatyapti shekilli.

56. O'zgarish. Ispaniya.
David Vilya o'rniga Xuan Mata maydonga tushmoqda

55.
Maydon chetida Mata maydonga tushishga tayyor turibdi. Zanjirlarni uzib tashlayotgan sherga o'xshaydi u.

53. TORRRRESSSS!
Vilya uslubida gol urishga harakat qildi. Birinchidan zarba noaniq ketdi, ikkinchidan o'yindan tashqari holat qayd etildi

51.
Inesta chap qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va sheriklariga to'p uzatdi, noaniq.

50.
Maydonni tark etgan Taggart birinchi bo'limda bironta zarba bermagan ekan. Ikkita pas oshirgan va ikkalasi aniq bo'lgan.

49.
Sokkeruzlar hujum ketidan hujum qilishmoqda, chap qanotdan oshirilgan to'pga "labbay" deydigan odam topilmadi. Bunday odam zaxirada o'tiribdi pastroqda rasmini ham qo'ydik

47.
Avstraliya ikkinchi bo'limni ancha faol tarzda boshladi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
46. O'zgarish. Avstraliya.
Taggart o'rniga Ben Xalloran tushdi

Demak, tanaffus.

45. Kasorla markaz bo'ylab pas tashlagandi, himoyachi birinchi bo'lib tepib yubordi.

Avstraliya darvozaboni Rayandan "chigirtka" sakrash. SHu joyida Bartezni eslatib yubordi.

41. Kokening zarbasini Rayan qaytarib yubordi. Ana shunday zarbalar ko'proq bo'lishi lozim.

Eslatib o'tamiz, bu David Vilyaning jahon chempionatlaridagi to'qqizinchi goli.


Xuanfran o'ng qanotdan to'pni yumalatib yubordi, Vilyani esa hech kim qo'riqlay olmadi.

36. Gooooooooolllllllll, Vilya tovoni bilan gol urdi.

34. Vilya jarima maydoniga kirib to'pni markaz bo'ylab sirpantirib yubordi. Lekin, na Koke, na Torres to'pga oyoq qo'yishga ulgurishmadi.

32. Vilya burchak zarbasini ishlab oldi. Hozircha standart vaziyatlar samara bermayapti.


Avstraliyaning hujumlariga ana shu o'yinchi (Tim Keyxil) etishmayotgandek...

26. Ana bo'lmasa, Torresning libosi yirtilib ketdi, tezda almashtirib oldi. Ispanlarning TJM si yaxshi ishlar ekan, zahirada forma bor...

24. Torresning zarbasini himoyachi qaytardi. O'yin qizib bormoqda.

23. Xordi Albaaaaa, zarbaaaa va Rayan to'pni qaytarib yubordi.

21. Vilyayayaya, juda yaxshi imkoniyat yuzaga kelgan edi, offsayd ekan.

19. Torres Vilyani birga bir chiqarib yuborishi mumkin edi. Lekin, himoyachilar hozircha bexato harakat qilishmoqda.

17. Vilya yana bir bor chap qanotdan kirib borib Kasorlaga to'pni tashlab berdi, Kasorlaning zarbasini himoyachi qaytarib yubordi.

16. Vilya yaxshi vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, lekin offsayd ekan.

14. Ourning o'ng qanotdan uzatgan to'pi himoyachilarga nasib etdi.

10. Ispanlar mayda paslardan, yashil qita vakillari esa asosan uzun paslardan foydalanishmoqda.

8. Ispanlar hozircha aytishga arzigulik hujum uyushtirishmadi.

7. Vilyaga nisbatan o'yin qoidasi buzildi.

5. O'yindagi birinchi zarba ham Avstraliyaga tegishli bo'ldi. Lekining zarbasi biroz noaniq ketdi.

4. Osiyo vakili ketma-ket hujumlar uyushtirdi, hozircha samarasiz.

2. Inestaning Torresga mo'ljallangan pasi o'xshamadi.

Demak, o'yin boshlandi! Kettik...


Kengurular yurtidan tashrif buyurgan muhlislar

- Assalom alaykum qadrli futbol ihlosmandlari! Bugun Ispaniya hamda Avstraliya terma jamoalari uyga qaytishdan avval mundialdagi so'nggi o'yinlarini o'tkazishadi. CHunki, har ikki jamoa ham guruhdan chiqish imkoniyatini yo'qqa chiqarib ulgurgan.

- Uchrashuv soat 21:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика